David Ricardo — versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
(Fayl qo‘shildi)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
[[Fayl:Portrait of David Ricardo by Thomas Phillips.jpg|thumb|right|220px]]
 
'''David Ricardo''' (18-aprel 1772-yil, [[London]], Birlashgan Qirollik — 11-sentabr 1823-yil, Glostershir grafligi) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793—1812-yillarda tijorat ishlari bilan shugʻullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. 1819—23-yillarda [[Angliya]] parlamentining aʼzosi.<ref>Sowell, Thomas (2006). ''Klassik iqtisodiyot''. New Haven, CT: Yale University Press.</ref><ref>{{web manbasi | url=http://www.policonomics.com/david-ricardo/ | title=David Ricardo &#124; Policonomics}}</ref>
 
Ricardoning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bagʻishlangan. Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy oʻrni, birinchi navbatda, kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasi nuqtai nazaridan tadqiq etishni boshlab berganligidan iborat. Ricardo tovar qiymatining yagona manbai ishchining mehnati boʻlib, aholining daromadlari — ish haqi, foyda, foiz, rentalar shu tovar qiymatiga asoslanadi, deb qaradi. Ricardo „Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari“ (1817) asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi oʻrtasidagi nisbatning teskari proporsionalligini asoslab, ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarining zid ekanligini koʻrsatadi. Ricardo shugʻullangan asosiy masalalardan biri — yaratilgan ijtimoiy mahsulotning asosiy 3 sinf — sanoatchilar (foyda), ishchilar (ish haqi), yer egalari (renta) oʻrtasidagi taqsimoti muammosi boʻlgan. Ricardo renta nazariyasini asoslab berdi. Ricardo nazariya va amaliyotda erkin savdo tarafdori boʻlgan. Ricardo Angliyaning tashqi aloqalari uning iqtisodiyotida katta rol oʻynashini alohida oʻrgandi. U birinchilardan boʻlib ayrim tovarlarni i.ch.gina emas, balki mamlakatlar oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning ahamiyati katta ekanligini koʻrsatdi, tashqi savdoda qiyosiy afzalliklar nazariyasini asoslab berdi.