Orttirilgan immun tanqisligi sindromi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Maʼlumot
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 185.163.26.2 tahrirlari Xusinboy Bekchanov versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
{{manba}}
'''''Qiziqarli ma'lumotlar'''''
 
'''Orttirilgan immun tanqisligi sindromi''' (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montanye hamda AQShda prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983 yil). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng , 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
Qator 12:
 
Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi kerak.
 
{{OʻzME}}