Yashnobod tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Yashnobod tumani''' (avvalgi nomi ''Hamza'') — T.dagiToshkentdagi maʼmuriyhududiy birlik. 1968 yilda tashkil qilingan. Hamza nomiga qoʻyilgan. Gʻarbda Amir Temur xiyoboni va Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasidan boshlab sharqda Ohangaron yoʻligacha davom etadi. Xududi 3,46 ming ga shu jumladan, koʻkalamzorlar — 172 ga. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Kuchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqoʻrgʻon, Lisunov, Hamza, Yoʻldosh Oxunboboyev kuchalari va Fargona, Ohangaron yoʻllari. Hamza tumanida 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviatsiya ishlab chikarish birlashmasi, "Toshqishloqmash", "Toshmargyogʻ", "Toshkentvino", "Oʻzbek qogʻozi", "Oʻzbekiston shampani", "Toshdonmahsulot", "Toshkentguruch" aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va boshqalar); 168 kurilish tashkiloti; temir yoʻl transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan.
 
Keyingi yillarda tashkil qilingan "Farm Glase" Uzbekistan—Britaniya, "Tufin" Oʻzbekiston—Isroil, "LokKolorSintez" Oʻzbekiston — Shveysariya, "XobasTapo" Oʻzbekiston—Germaniya—Shveysariya, "NWA" — Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonalarida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.