Haydar — versiyalar orasidagi farq

qisqa izoh tahrirlanmadi
(Turkum)
{{Maʼnolari|Haydar (maʼnolari)}}
{{Buxoro hukmdorlari}}
'''Haydar''', Amir Haydar, Amiri Sayyid (1778— Buxoro — 1826.6.10) - Buxoro amiri (1800— 26), oʻzbek mangʻitlarlan, Amir Shohmurodning oʻgʻli, Doniyolbiy otaliqning ne-varasi. Uning onasi ashtarxoniylardan Abulfayzxonsh qizi Bonu Shams boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 yil tahsil olib, Qurʼoni karim sharhi va hadis ilmlarini puxta egallagan. Amir Shohmurod H.ni Qarshi viloyatiga hokim qilib tayinlagan. Shohmurod vafot etgach, Buxoro amirligi taxtiga oʻtirgan va "amir al-moʻminin" unvonini olgan (1800.2.12). Buxoro amirligida vujudga kelgan keskin siyosiy vaziyatni yumshatishga hara-kat qilgan. H. ayirmachilik kayfiyatlarni namoyon qilayotgan Shahrisabz, Kitob, Urgut bekliklari, Miyonqol va Samarqand hokimlariga qarshi janglar olib borishga majbur boʻlgan.
 
H. Xurosonga ham harbiy yurishlar qilib, Balx (1817), Badaxshon, Qunduz va Maymanani Buxoro amirligiga qaytargan.