Eltuzarxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Turkum +
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Eltuzarxon''', Eltuzar Muhammad Bahodirxon (? — 1806) — oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasidan boʻlgan birinchi Xiva xoni (1804—06). Avaz inoqning oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng E. soxta xon Abulgʻozi V ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shu tariqa u Xivada qoʻngʻirot avlodidan boʻlgan xonlar sulolasini boshlab bergan. Bu sulola 1920 yilga qadar Xiva xonligini idora qilib kelgan. E. xonlikda markazlashgan davlat siyosati yurgizish uchun harakat qilgan. 1804 yil E. Buxoro hududiga bostirib kirgan. Biroq Amudaryo boʻyidagi hal qiluvchi jangda xivaliklar yengilgan. E. davrida bir qancha meʼmoriy obidalar (mas, Xivadagi Koʻrinish xona) bunyod etilgan. Unyng saroyida tarixchi, shoir va davlat arbobi Munis ijod qilgan.
 
{{Xorazm hukmdorlari}}