Chigʻatoy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni tõğirladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tõğirlash
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Chigʻatoy''', Chigʻatoyxon (71242) — Chigʻatoy ulusi hukmdori (1224—42). Chingizxonning 2oʻgʻli. Onasi Boʻrta fujin (xotun) qoʻngʻirot urugʻi vakili Day noʻyonning qizi boʻlgan. Saltanat qonun qoidalari (toʻra), udumlar, xususan, Chingizxon buyrug'ini istisnosiz bajarilishini nazorat qilish uning zimmasiga yuklatilgan. Ch. Chingizxon boshliq moʻgʻullarning bosqinchilik yurishlarida faol ishtirok etgan. 1211 yilda Xitoyga qarshi tashlangan harbiy safarda Ch. ukalari Oʻqtoy va Tulu hamroxligida bir nechta yirik shaharlarni zabt etgan. Oʻrta Osiyoning moʻgʻullar tomonidan istilo qilinishida faollik va qattiqqoʻllik koʻrsatgan Ch. Joʻji va Oʻqtoy bilan birgalikda Oʻtrorni 3 oylik qamaldan soʻng (1219) olgan. 1220 yil Urganch mudofaasi vaqtida Ch. bilan akasi Joʻji oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga chiqadi. Oqibatda Chingizxon lashkar qoʻmondonligiga Oʻqtoyni tayinlaydi. Ch. 1221 yilning 25 noyab. da Sulton Jaloliddin bilan boʻlgan qaqshatqich jangda (qarang [[Sind daryosi boʻyidagi ekang|Sind daryosi boʻyidagi ekan]]) otasi yonida turgan. Chingizxonning tangutlarga qarshi uyushtirgan harbiy safari chogʻida (1227) Ch. yurtni muhofaza qilish ishlariga boshchilik qilgan.
 
1224 yil Chingizxon moʻgʻullar zabt etgan yerlarni oʻgʻillariga mulk tarzida taqsimlab bergan. Sharqsa nayman qabilalari yashaydigan Oltoydan gʻarbda Jayxun (Amudaryo)gacha, Gʻuljadan Samarkandu Buxorogacha boʻlgan hududlar Ch.ga tekkan. Uning qarorgohi Ili daryosi vodiysida joylashgan. Ch. oʻziga tegishli ulus boshqaruvini avval Maxmud Yalavochga, 1238 yil Mahmud Yalavoch Oʻqtoy tomonidan Pekin gubernatori (1254 yilgacha) etib tayinlangach, uning oʻgʻli Masʼudbekka (1238— 89) topshirgan (qarang [[Masud Yalavoch]]). Oʻzi umrining oxirigacha Oʻqtoy qoon saroyida hukmdorning maslahatchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. Ch. nomi bilan uning ulusi Chigʻatoy ulusi, Movarounnahr aholisi soʻzlashadigan til esa chigʻatoy tili deb nom olgan (qarang [[Chigʻatoylar]]).<ref>Dadaboyev, Hamidulla. "{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20Ch%20harfi.pdf Ch-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>