Margʻilon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 185.163.26.175 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 57:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Margʻilon''' (''boshqa nomlari'' '''Margilan''', '''Margelan''') — O‘zbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining janubiy qismida, Oloy togʻlari etagida joylashgan. Fargʻona shahridan 10–12&nbsp;km shimolida, 475 m balandlikda. Yaqin temir yo'l stansiyasi — Margʻilon (4&nbsp;km). Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25—26°, yanvarniki —3,5°. Margʻilonning janubiy chekkasidan Janubiy Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973 yilda 117 ming , 1939 yilda 46 ming , 1897 yilda 36 ming kishini tashkil etgan), asosan, oʻzbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Margʻilondan 3–4&nbsp;km janubroqda joylashgan Yangi Margʻilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi Margʻilon shahar Kengashiga qaraydi. 2007-yil [[UNESCO|YUNESKO]] qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkaziladi.
 
Margʻilon toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 10-asrga taalluqli. Oʻsha davrlarda shahar "Margʻinon" deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. Margʻilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar "margʻ" — "maysazor", "oʻtzor"dan deb taxmin qiladilar. Margʻilon "murgʻ" va "yunon" soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor. Ibratniig "Tarixi Fargʻona" qoʻlyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 yilda asos solingan. [[Arxeologiya|Arxeologik]] topilmalar Margʻilon oʻrnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, 10-asrda u katta qishloq boʻlganligini, 11 — 12-asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold "Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston" asarida Qoraxoniylar davrida ham Margʻilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. "Boburnoma"da Margʻilon Fargʻonadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib, uning "donai kalon" deb ataluvchi anori va "subhoniy" navli oʻrigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida Margʻilonga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Margʻilon aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. Margʻilonning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab harid qilingan. Shuningdek, Margʻilonda doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875 yilda rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Margʻilonda oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum boʻlgan "Poʻlatxon qoʻzgʻoloni" (1873— 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zoʻrlab olib ketilishiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916) boʻlib oʻtgan. Margʻilon 1876—1926 yillarda Fargʻona viloyatining uyezd shahri boʻlgan, soʻngra Fargʻona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan.