Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 3:
Boʻlim ilmiy tekshirish muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari: Orolboʻyi xalqlarining qadimiy davrdan bugungacha boʻlgan tarixi, arxeologiyasi, etnologiyasi; qoraqalpoq xalqi etnogenezi va etnik tarixi, sanʼat, yozma va ogʻzaki tarixiy manbalarini oʻrganish; qoraqalpoq adabiyoti, tili va til tarixi, xalq ogʻzaki ijodiyoti; Orol dengizi havzasining tabiiy muhitga taʼsiri, ekologik inqiroz oqibatlarini oʻrganish, biologik xilma-xillik muammolari; hududdagi tabiiy boyliklardan toʻgʻri va oqilona foydalanishning ilmiy asoslari, xom ashyo zaxiralari, tabiiy boyliklarni topish va ulardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, yarimoʻtkazgich material va organik birikmalar asosida elektronikaning ayrim muammolarini oʻrganish, hudud sharoitida qayta tiklanuvchi noanʼanaviy energiya turlaridan foydalanish; Qoraqalpogʻiston Respublikasining doimiy rivojlanish dasturini, Orolboʻyi hududi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining matematik modellarini ishlab chiqish. Boʻlim ilmiy xodimlari oʻz ilmiy yoʻnalishlariga mos 33 mavzu boʻyicha ish olib boradi (2005).
Boʻlim ilmiy tekshirish muassasalarida 140 ilmiy xodim, jumladan, Oʻzbekiston FA ning 3 akademigi, 14 fan doktori, 50 fan nomzodi ishlaydi. 1960 yildan Boʻlimning "Axboroti" ("Xabarshısı") nashr etiladi. Boʻlim olim va tadqiqotchilaridan M.Nurmuhamedov, S.Bahodirova, Q.Boyniyozov, S.Niyetullayev, S.Alliyorov, T.Mambetniyazov, A.Nasrullayev, M.Kalenderov, R.Yesemuratova, D.Qozoqboyev, A.Toʻraboyevlar turli davrlarda Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlar. Oʻzbekiston Respublikasi FAning Qoraqalpogʻiston boʻlimi hayʼati raislari: M.Nurmuhamedov (1959—1961), S.Kamolov (1961-1996), Ch. Abdirov (1996-1997), T.Yeshchanov (1997—2004); 2004 yildan N.K.Ayimbetov.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Toshkent, 2000-2005.
 
{{stub}}
 
{{no iwiki}}