Suyunchxoʻjaxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Buxoro hukmdorlari}}
'''Suyunchxoʻjaxon''', Suyunchakxon, Suyunchik sulton (taxminan 1452—1525, Toshkent) — shayboniylardan boʻlgan Toshkent xoni (1503— 25). Abulxayrxon va Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton begimning farzandi. Oʻzbek ulusina hukmronlik qilish uchun shayboniylarning Oʻrusxon, Kirayxon va Jonibeklar bilan boʻlgan kurashida qatnashgan. Shayboniyxon bilan birga Movarounnahrni bosib olihda faol ishtirok etgan. Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, Samarqandni poytaxt qilib, Turkistonni Koʻchkunchixonga, Toshkentni S.ga bergan. Xoja Abulbaqo ibn Bahouddinning "Jome almaqomot" asari (17-asr)da yozilishicha, S. boshliq shayboniylar qoʻshini Toshkentni qamal qilganda Shayx Xovand Tohurning avlodi — Xoja Tohir shaharni qahramonona mudofaasiga rahbarlik qilgan, biroq shahar S. qoʻliga oʻtgan. S.ning chigʻatoiylarlan Sulton Saidxon bilan Toshkent uchun kurashi xalq boshiga koʻp kulfatlar keltirgan.