Baroqxon (Shayboniy): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Kagansky Baroqxon (shayboniy) sahifasini Baroqxon (Shayboniy)ga koʻchirdi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Buxoro hukmdorlari}}
{{Maʼnolari|Baroqxon (maʼnolari)}}
'''Baroqxon''' (haqiqiy ismi Navroʻz Ahmadxon) (? — 1556, Samarqand) — shayboniylar sulolasidan boʻlgan xon. Abulxayrxonnmng nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxoʻjaxonning kichik oʻgʻli. Otasining vafotidan keyin Toshkent hokimi (1525 — 51), soʻngra Movarounnahr (1551 — 56) xoni. B. yoshligida Vosifiydan sheʼriyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan taʼlim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan koʻproq mashgʻul boʻlgan. B. oʻz saltanatini kengaytirish uchun koʻp harbiy yurishlar uyushtirgan. Abdullatifxon vafotidan keyin 1551 y. Samarqand taxtiga oʻtirgan va Navroʻz Ahmadxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan. B. obodonchilik ishlariga eʼtibor bergan, madrasalar qurdirgan (qarang Baroqxon madrasasi). Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" asarida qayd etilishicha, B. 1556 y. Zarafshon daryosidan boshlangan Dargʻom kanalining bosh inshooti — Ravotxoʻja toʻgʻonini tuzattirish uchun kelgan va shu yerda toʻsatdan vafot etgan. B. davrida Movarounnahr bilan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Sibir oʻrtasida savdo-sotiq, elchilik munosabatlari rivojlangan.