Urganch: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 64:
}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Urganch''' (1929 yilgacha Yangi Urganch) — Oʻzbekiston Respublikasining [[Xorazm viloyati|Xorazm viloyatidagi]] shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004).
 
Shaharga 1646 yilda Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlaganidan soʻng Gurganj sh. (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aholi oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga "Toza Urganch", yaʼni "Yangi Urganch" deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldii. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170&nbsp;km.