Xiva tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 64:
}}
 
'''Xiva tumani''' - Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidat tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. Tuman shim., shim.gʻarb va gʻarbdan Qoʻshkoʻpir, shim.sharqdan Urganch va Xonqa, sharqdan Yangiariq tumanlari, jan. va jan.gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,47 ming km². Aholisi 174,5 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Xiva), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gandimiyon, Dashyoq, Juryon, Irdimzon, Oqyop, Sayot, Chinobod, Shomoxulum, Eski Qiyot) bor. Markazi. — Xiva sh.
 
Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining chap sohilidagi tekislikda joylashgan, oʻrtacha bal. 97 m. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. Yillik oʻrtacha tra 12, G. Oʻrtacha tra yanvarda —4,5°, iyulda 27,4°, eng past tra —31°, eng yuqori tra 45°, 46°. Xiva tumani respublikaning yogʻin kam yogʻadigan tumanlaridan biri. Yillik yogʻin miqdori 100 mm. Vegetatsiya davri 200 kun. Tuproklari allyuvial, oʻtloqi, shoʻrxok, taqir va qumli choʻl tuproqlaridan tashkil topgan.