Quyosh tizimi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
k 185.139.137.168 tahrirlari Nataev versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
[[Tasvir:Solar sys.jpg|thumb|400px|right|Quyosh tizimi (miqyos hisobga olinmagan)]]
 
'''Quyosh tizmi''', '''Quyosh sistemasi''' - Quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlanuvchi osmon jismlari (Quyosh, sayyoralar, sayyoralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kome-talar, kosmik changlar) majmui. Quyosh tizimi chegarasining koʻrinma oʻlchami Pluton orbitasi (taxminan 40 a.b., q. [[Astronomik birlik]]) bilan aniqlansada, ammo uning haqiqiy chegarasi eng yaqin yulduzgacha (230 ming a.b. gacha) boʻlishi mumkin. Quyosh tizimining uzoq tashqi sohalari haqidagi maʼlumotlar Quyoshga yaqinlashuvchi uzun davrli kometalar va shu sistemani qoplagan kosmik changlarni kuza-tishdan olinadi. Quyosh tizimi hududidagi har qanday jism ham Quyosh tizimiga kiravermaydi. Quyoshning taʼsir doirasidagi har bir jismning Quyosh tizimiga kirishi uchun avvalo uning musbat kinetik va manfiy potensial energiyalarining yigʻindisi, yaʼni toʻla energiyasi manfiy boʻlishi kerak. Bundajism Quyoshningtortishish kuchini yenga olmay, Quyosh tizimi doirasida qoladi. Buning uchun Quyosh tizimiga tegishli jismlarga Quyoshning tortishish quchi taʼsiri boshqa yulduzlarnikiga nisba-tan ortiq boʻlishi kerak.
 
Qator 15:
 
Q.sdagi deyarli barcha jismlar uchun baʼzi umumiy qonuniyatlar oʻrinli: barcha sayyoralar Quyosh atrofidan ekliptikaga yaqin tekislikda bir tomonga (olamning shimoliy qutbidan qaralganda soat mili harakatiga tes-kari tomonga) harakatlanib aylanadi (bu toʻgʻri harakat deyiladi). Venera va Urandan boshqa barcha sayyoralar oʻz oʻqlari atrofida toʻgʻri harakat qiladi. Kosmik uchishlar Quyosh tizimini oʻrganishda yangi imkoniyat yaratdi. Uchirilgan kosmik zondlar Q.sdagi sayyoralarning ichki tuzilishlarini jadallik bilan tadqiq qilmokda. Kosmik zondlar Oy, Venera, Mars va boshqa sayyoralarga yumshoq qoʻndi. AQSH astronavtlari birinchi marta Oyga qadam qoʻydi (1969), "Pi-oner—10" va "Pioner—11" kosmik zon-dlar kichik sayyoralardan oʻtib, Yupi-ter sayyorasi yaqinida aylandi (1972— 74). 1997 yil oktyabrda uchirilgan "Gyuy-gens" kosmik zondi (NASA va Yevropa kosmik agentligi bilan birgalikda loy-ihalangan) Saturn sayyorasining yoʻldoshi Titanga tushirildi (2005 yil yanvar). Tadqiqotchilar Titanni Yer bilan taqqoslashmoqda. Kosmik uchishlar yordamida Quyosh tizimini yanada batafsilroq oʻrganish uchun yaqin kelajakda boshqa sayyoralarga parvoz qilish, uzoq kos-mosga ilmiy apparatlar yuborish, as-teroid va kometalarga qoʻnib, sayyoralararo ilmiy sayohat qilish ishlari moʻljallanmoqda.
 
{{quyosh tizimi}}
{{OʻzME}}
{{astro-stub}}
 
[[Turkum:Quyosh tizimi]]