Atlantika okeani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Teg: Qaytarildi
Qator 87:
 
Atlantika okeani insoniyatga qadim zamondan maʼlum boʻlgan: miloddan 1200 yiloldin fini-kiyaliklar, 300 – 100 yiloldin rimliklar Atlantika okeanining Yevropa va Shimoliy Afrika qirgʻoklariga yaqin qismlarida, 9–10-asrlarda slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15-asrda ispan va portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yoʻllarini qidirib, Atlantika okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492 −1503), ingliz J. Kabot (1497) va portugal Vaskoda Gama (1498) sayohatlari alohida oʻrin tutadi. 1520 yil F. Magellan dunyo boʻylab sayohat qilganda Atlantika okeanidan oʻtgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev (1819-21), J. Kuk (1772), I. F. Kruzenshtern (1803) va boshqalarning sayohatlari ham Atlantika okeani haqida maʼlumot berdi. Atlantika okeanini oʻrganishda Xalqaro geofizika yili davrida oʻtkazilgan okeanografik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega boʻldi. Shundan soʻng Atlantika okeanini bir qancha mamlakatlarning olimlari hamkor-liqda oʻrgana boshladilar. Atlantika okeani Hukumatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalqaro ekspeditsiyalar, shuningdek Rossiya, Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlar ekspeditsiyalari tomonidan oʻrganilmoqda.
Bu okeanning boshlig' vataani O,zbekistondir
 
== Atlantika okeani iqtisodiy va strategik ahamiyati ==