Vladimir Lenin: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 46.211.69.216 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi Teg: Eski holiga qaytarish |
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali |
||
Qator 1:
'''VLADIMIR ILICH LENIN''' (ruscha:Владимир Ильич Ленин, haqiqiy familyasi ULYANOV, 10(22) aprel 1870, Simbirsk — 21 yanvar 1924, Gorki qishlogʻi, Moskva Guberniyasi)- rus va sovet ateisti va proletariat dohiysi, inqilobchi, [[Bolsheviklar partiyasining]] yaratuvchisi, 1917 yildagi
Asosiy izlanish ishlari sohasi —falsafa va iqtisod
LENIN (Ulyanov) Vladimir Ilich [1870.10 (22).4. Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk sh.) — 1924. 21.1, Moskva viloyati Gorki qishlogʻi] — Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi. SSSR deb atalgan
SSSR davrida L. qarashlari mutlaqlashtirilib, uning faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. Uning fikrlariga salgina shubha bilan qaraganlar yoʻq qilindi. Biroq Rossiyadan xorijga joʻnagan ziyolilar va jahon siyosiy arboblarining koʻpchiligi oʻsha paytdayoq uning "kommunizm qurish" rejasi xom xayol ekanligini aytishgan. 20-asr 80-y. lari oxiri — 90-yillari boshida Sharqiy Yevropada sotsializmning tanazzulga uchrashi va SSSRning parchalanishi oqibatida L. nazariyasi asossiz ekanligi uzil-kesil isbotlandi.
L. oʻz siyosiy faoliyatida Turkistonga bolshevizm gʻoyalarini tarqatishga, mintaqani sovetlashtirishga katta eʼtibor karatdi. L. va Stalin Turkiston muxtoriyatini tugatish rejasini qoʻllabquvvatladi. L.ning tashabbusi bilan Turkkomissiya (1919), Turkbyuro (1920), RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (1922) kabi Markazning nazorat qiluvchi organlari tuzildi va Toshkentga yuborildi. Turkiston fronti (1919) tashkil qilinib, oʻlkadagi sovet rejimiga qarshi qurolli harakatni tugatish uchun 200.000 ga yaqin qizil askar Turkistonga joʻnatildi. Markaz yuborgan bolshevistik emissarlarga qarshi chiqqan mahalliy rahbarlarni L. "oʻng ogʻmachilik"da aybladi. L. 1920 yilda Buxoro xonligi (amirligi) va Xiva xonligini qizil armiya tomonidan bosib olinishining tashabbuskori. L.ning 1920 y. 13 iyundagi koʻrsatmasiga koʻra, yaxlit Turkiston mintaqasini parchalab tashlash jarayoni boshlandi va u 1925 y. boshlarida tugallandi. Shuningdek, L. Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy, qisman Eron, Turkiya kabi Sharq davlatlarida sotsializm qurish haqidagi rejasi uchun Turkistondan tayanch sifatida foydalanishni moʻljallagan edi.
== Adabiyot ==
|