Tojiklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
manba asosida
Tahrir izohi yoʻq
Qator 32:
}}
 
'''Tojiklar''' ({{lang-tg|Тоҷик}}, [[Fors tili|fors]]. ''تاجک [tɔː'ʤɪk]'') — [[Markaziy Osiyo]]dagi eng qadimgi xalq. [[Tojikiston]] [[Respublika]]si aholisi (6 mln. 800 mingdan ortiq). Oʻzbekistonda norasmiyrasmiy 1,5 mln.dan ziyod,<ref name="Нацсостав">[https://stat.uz/ru/433-analiticheskie-materialy-ru/2055-demograficheskaya-situatsiya-v-respublike-uzbekistan stat.uz Демографическая ситуация в Республики Узбекистан]</ref> asosan, Samarqand shahri, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Fargʻona Vodiysi, shuningdek kichik miqdorlarda boshqa hududlarda)), Afgʻonistonda (15 mln. 500 ming), Xitoyning sharqida (50 mingdan ortiq), Eron Xurosonida (500 mingdan ortiq), Rossiya Federatsiyasida, Qozogʻistonda, Qirgʻiziston va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar. Tojiklarning umumiy soni 40 mln.dan ortiq. Asosiy qismi [[fors tili]]da soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eroniy tillari guruhi oilasiga kiruvchi tillarning dialektlarida soʻzlashadi. Tojiklar asosan, islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga eʼtiqod qiladi.
 
Tojiklarning etnik maydonda shakllanishiga Markaziy Osiyoda yashagan bir qator etnik guruh va qabilalar, asosan soʻgʻdiylar, baqtriyaliklar, toxarlar, koʻchmanchi sak va skiflar katta taʼsir koʻrsatgan.