Doktor Moro oroli: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Kitob bilgiqutisi|Nomi=Doktor Moro oroli|Original nomi=The Island of Doctor Moreau|Rasm=IslandOfDrMoreau.JPG|muallif=[[Gerbert Jorj Uells]]|Janr=[[Ilmiy-fantastika]]|Til=[[Ingliz tili]]|Original nashr qilingan yili=1896-yil|Nashriyot=[[Heinemann]]|mamlakat=[[Buyuk Britaniya]]}}
'''''Doktor Moro oroli (The Island of Doctor Moreau)''''' ingliz yozuvchisi Gerbert Uellsning ilmiy-fantastik janrdagi romani bo'lib, u 1896-yilda yozilgan. Roman bosh qahramon Eduard Prendik tilidan hikoya qilinib, unda Prendik kema halokatiga uchrashi va sirli orolga tushib qolishi bilan bog'liq tafsilotlar keltiriladi. Mazkur sirli [[Orol|orolda]] o'zining noodatiy va g'ayri-insoniy tibbiy tajribalari bilan dong taratgan olim, doktor Moro qo'nim topgan bo'lib, u bu orolga tajribalari ustidan shikoyat qilgan hamshaharlari ([[London|London shahri]] jamoatchiligi) ta'qibidan qochib kelgan. [[Olim]] mazkur xilvat go'shada, begona ko'zlardan va ta'qiblardan holi ravishda turli [[hayvonlar]] ustida tajribalar o'tkazadi, ularni viviseksiya amaliyoti vositasida insoniy qiyofaga solishga kirishadi. Romanda bir qancha falsafiy mavzular, jumladan, azob, shafqatsizlik, axloqiy mas'uliyat, inson o'zligi hamda insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kabilar mahorat bilan ochib berilgan.<ref name=":0">Barnes & Noble. "The Island of Doctor Moreau: Original and Unabridged". ''Barnes & Noble''.</ref> Uellsning o'zi romanni "yoshlarcha shakkoklikka borish", deb ta'riflaydi.<ref>''Preface to the Scientific Romances'' eds. Patrick Parrinder & Robert M. Philmus ''H. G. Wells's Literary Criticism'' (Sussex: The Harvester Press Limited, and New Jersey: Barnes & Noble Books, 1980), p. 243</ref>
 
Doktor Moro oroli dastlabki ilmiy-fantastikaning yorqin namunasi bo'lib, Uellsning eng mashhur asarlari qatoridan o'rin olib kelmoqda. Mazkur roman ilmiy-fantastikada mavjud bo'lgan, nisbatan rivojlangan irq yoki turning hayvonlar tadrijiy rivojlanishi jarayoniga aralashishi va mazkur jarayonni tezlashtirishga urinish, hayvonlarni "bir pog'ona yuqori" rivojlanish bosqichiga olib chiqishni tasvirlovchi "madaniylashtirish" yoki "provolyutsiya" (qisqartma: frans. "évolution proactive") janrining eng dastlabki ko'rinishlaridan biridir.<ref>Booker, Keith M. (2014). ''Historical Dictionary of Science Fiction in Literature''. Rowman & Littlefield. p. 311.</ref> Asar ko'plab [[Kino sanʼati|kino]] va adabiy san'at namunalarining yaratilishiga ilhom manbasi vazifasini bajargan.<ref>https://www.telegraph.co.uk/culture/film/3643882/How-Hollywood-fell-for-a-British-visionary.html</ref>