Shihobuddin Muhammad an-Nisoviy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„'''Shihobuddin Muhammad an-Nisoviy''', Anushteginiylar Xorazmshoxlar sulolasining XIII asrda yashagan tarixchisi. Muarrixning to‘liq ismi Shihobuddin...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
Muarrixning to‘liq ismi Shihobuddin ibn Ahmad ibn Ali Muhammad an-Nisoviydir. Tarixchining otasi Xorazmshohlaming e’tiborli amirlaridan biri boʻlgan. [[Niso]] viloyatiga qarashli Xurandiz qal’asining hokimi edi. Shihobuddin ibn Ahmad ibn Ali Muhammad an-Nisoviy 1224-yilga qadar Niso viloyatining hokimi Nusratuddir Hamzaning noibi boʻlib xizmat qilgan.
 
Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) hamda al-Halqa (Juijon qishloqlaridan) da moʻgʻullar bilan boʻlgan janglarda shaxsan ishtirok etgan. 1224-yili Sulton [[Jaloluddin MenkbuminingMenkburni]]ning (1220—1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi lavozimiga tayinlanadi. Shihobuddin Muhammad Nisoviy bu lavozimda 1231-yilgacha, ya’ni sultonning oʻlimiga qadar xizmat qiladi. Keyin u Mayofarikin (Diyorbakr viloyatida) hokimi Ayyubiy al-Malik al-Muzaffar Gʻoziyning (1220—1224) xizmatiga kiradi. Biroq, oradan ko'p vaqt oʻtmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgach, Ildegiziylar (1227—1235) huzurida, soʻngra 1238-yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qal’asiga hokim etib tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) sultoni al-Malik an-Nosir Salohiddin Yusuf ibn al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi.
 
Shihobuddin Muhammad an-Nisoviy Oʻrta Osiyo, [[Kavkaz]], Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining moʻgʻul istilosi davridagi (1220—1231) ijtimoiy-siyosiy ahvolidan bahs yurituvchi “[[Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni (asar)|Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni]]” nomli qimmatli kitob fors tilida yozib qoldirgan. Asar 1241-yilda Xalabda yozib tugallangan boʻlib, u memuar — xotira-yodnoma tarzida yozilgan.
== Adabiyotlar ==
* Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.