Qoʻqon xonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 126:
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Jan. Olay togʻ etagidagi Qorategin, Dar-voz, Shugʻnon, Roʻshon, Vohon bekliklarini boʻysundirgan. Bu davrda xonlikda sugʻorish ishlari ancha yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. Buxoro amiri Nasrullo (qarang [[Nasrulla (Buxoro amiri)|Nasrullaxon]]) bilan yuz bergan urushda (1840 yil) Muhammad Alixon yengilib, Xoʻjandni amir Nasrulloga topshirishga va oʻzini uning noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Ammo Buxoro – Qoʻqon munosabatlari bundan keyin ham kes-kinlashgan. Natijada 1841 yil noyab. oyida Muhammad Alixon oʻz ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrullo Qoʻqonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirgʻin-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori man-sabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qo'qon xonligi Buxoro noibi tomo-nidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qo'qon xonligi aholisiga ogʻir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842 yil yozida qoʻqonliklar qoʻzgʻolon koʻtaradi, amir Nasrulloga sodiq kishilarning koʻpchiligini oʻldiradilar va Norboʻtabiyning ukasi Hojibekning oʻgli Sheralini xon qilib koʻtarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qoʻqonga qoʻshin tortib oʻz hukmronligini qayta oʻrnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga maj-bur boʻlgan. Natijada qoʻldan ketgan koʻpgina hududlar (Xoʻjand, Toshkent) yana Qo'qon xonligi ixtiyorida qoladi.
 
SheralixonnintSheralixonning (1842–45) taxtga oʻtirishida koʻmakchi va xayrixoh boʻlgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shugʻullangan va xon qoʻshinlarining tarkibini koʻproq qipchoq yigitlari bilan toʻldirgan. Musulmonqul oʻz mavqeidan foydalanib, Sheralixonga oʻz taʼsirini oʻtkazishga intilgan. Ammo xon bunga yoʻl qoʻymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi boʻlib, boshqalarning qoʻli bilan suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. 1845 yil Oʻshda xonning soliq siyosatiga qarshi qoʻzgʻo-lon boshlanadi. Musulmonqul qoʻzgʻo-lonni bostirishga ketganida, uning sheriklari Olimxonning oʻgʻli murodbekni Qoʻqonga taklif qilib taxtga oʻtqazganlar. Sheralixon oʻldirilgan. Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon oʻzini Buxoro amirining noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Musulmon-qulni mingboshi lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning Qoʻqonga qaytishini talab qiladi. Musulmonqul esa Oʻshdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qoʻqonga kelib, Murodxonni oʻldi-rib, yoʻsh Xudoyorni xon deb eʼlon qiladi (qarang [[Xudoyorxon]]). Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda oʻzi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmon-qulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan boʻshatiladi. Musulmonqul oʻz mavqeini tiklamoqchi boʻlib, ruslar bilan aloqa oʻrnatishga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy uchrashadi. Musulmonqulning rus qoʻmondoni vakili bilan uchrashgani va hokimiyatni oʻz qoʻliga olmoqchi boʻlganligidan xabar topgan oʻzbek va qirgʻiz zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, muhammad Rajab Qoʻrboshi, Muhammad [[Yoqubbek]] qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish yoʻlini axtarib [[Xudoyorxon]]ni oʻzlari tarafga ogʻdirib, 1853 yil qipchoqlar qirgʻinini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan.
 
Biroq Qo'qon xonligida oʻzaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy amaldorlar [[Xudoyorxon]]ga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan (qarang [[Yoqubbek]]). Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashgan (1852–62 yillarda Sheralixonning oʻgʻli Mallaxon, 1862–63 yilda Shohmu-rodxon, 1863 yil may-iyunda yana xudoyorxon, 1863 yil iyul – 1865 yillarda Mallaxonning oʻgʻli Sulton Sayidxon xon boʻlgan).
 
1865 yil Qoʻqonda qipchoq va qirgʻizlar Xudoyqulbekni tantanavor ravishda xon deb eʼlon qiladilar. U atigi 14 kungina xonlik qiladi, soʻngra barcha xazinani va qimmatbaho narsalarni olib, Qashqarga qochib ketgan. [[Xudoyorxon]] hech qanday qarshiliksiz Qoʻqon taxtini qayta egallagan (1865– 75). Bunday beqaror ichki vaziyatdan foydalangan Rossiya Qo'qon xonligiga qarshi istilochilik harakatlarini boshlab yuborgan. Natijada 1853–65 yillar davomida Oqmachit, Toʻqmoq, Pishpak, Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkentni va ularning atrof hududlarini bosib oladi. 1867 yil 14 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini taʼsis etdi va Oʻrta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan turkiston general-gubernatorligini tashkil qildi. Chorizm bosqini tufayli Qo'qon xonligi chegaralari ancha qisqarib ketdi. Xazinaga tushadigan daromadlar keskin kamaydi. Xon xazinani toʻldirish uchun yangidan qoʻshimcha soliqlar joriy etdi. Xalq bundan norozi boʻlib 1871 yil Soʻxda gʻalayon koʻta-radi. Bu gʻalayon qurolli qoʻzgʻolonga aylanib ketdi. Oʻrta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Rus qoʻshinlari qoʻzgʻo-lonchilarni yengdilar va Poʻlatxon asirga olindi. U 1876 yil 1 mart oyida Margʻilon shahrida dorga osiladi. Chor qoʻshinlari Qo'qon xonligini bosib olib, xonlikni rasman bekor qiladilar va oʻrniga Fargʻona viloyatini taʼsis eta-dilar.
== Davlat tizimi ==
 
Qo'qon xonligida quyidagi mansablar mavjud boʻlgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom, qozi-kalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik ogʻasi, inoq, shigʻovul, toʻqsoba, miroxur, qora-vulbegi va boshqa
 
Qator 137:
 
19-asrning 1-yarmida Qo'qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning soʻl sohili bilan Qorategin oraligidagi Qoʻqon viloyati; Sirdaryoning oʻng sohilidan to Olatovgacha boʻlgan Namangan viloyati; Xoʻjand shahri; Xoʻjand bilan Toshkent orali-gʻidagi Oʻratepa viloyati. Xonlikning eng shim. viloyati Turkiston, Betpaq-dala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻidagi yerlar kirardi. Billurtogʻning gʻarbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Koʻlob, Shugʻnon singari bir qator togʻli tumanlar ham Qo'qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni qoʻqonliklar 19-asrning 30-yillarida boʻysundirishgan boʻlsa-da, ular tez-tez qoʻldan-qoʻlga, koʻproq Buxoro amiri ixtiyoriga oʻtib turardi.
== Axolisi ==
 
Qo'qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Chorizm qoʻshinlari uning shim.gʻarbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Fargʻona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib qoladi.
== Iqtisodiy tizimi ==
 
Qo'qon xonligining aholisi, asosan, oʻzbeklar, tojiklar, qirgʻizlar, qozoqlar, uygʻurlar, qoraqalpoqlardan iborat edi.
Qo'qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil boʻlgan. Xonlikka qarashli boʻlgan yerlar am-lok yerlar, vaqf yerlari, mulki xi-roj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar oʻrtasida yakka dehqon xoʻjaligi ham rivojlangan. Oʻz yerlaridan ajralgan kambagʻal dehqonlarning koʻpchiligi yirik yer egalari qoʻlida chorakorlik qilganlar. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv bilan taʼminlanganligiga qarab belgilangan. Xonlar sugʻorish tarmoqlari katta daromad manbai boʻlganligi sababli maʼlum darajada ularni saqlashga, sugʻorish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi eʼti-bor berishgan. Qo'qon xonligida koʻplab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bogʻ-dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan boy va serqirra boʻlgan. Bular: misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, harbiy qurol ishlab chiqarish, sopol va koʻzagarlik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqimachilik, doʻppichilik, kashtachilik, koʻpriksozlik, temirchilik va shahrik.
 
Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham maʼlum darajada qazib olingan. Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Mas, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qo'qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha maʼlum darajada rivojlana borgan.
Qator 146 ⟶ 147:
Savdo-sotiq Qo'qon xonligi hayotida katta va muhim oʻrin egallagan. U ichki va tashqi savdoga boʻlingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qad. davrdan beri oʻzaro koʻchmanchi chorvador, oʻtroq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi oʻzining ehtiyojlarini asosan oʻz xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan.
 
Qo'qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxo-roBuxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afgʻoniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan boʻlgan tashqi savdo katta oʻrinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo'qon xonligi qishloq xoʻjaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining baʼzi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo'qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchra-shiga sabab boʻldi.
 
Qoʻqon, Margʻilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, boʻz va boshqalar) toʻqilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xoʻjalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qogʻoz va boshqa nar-salar ishlab chiqarilgan. Yer osti boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qoʻrgʻoshin va boshqa ham maʼlum miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bogʻdorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan.
 
Qo'qon xonligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar keltirilgan.
== Madaniyati ==
 
Madaniyati. Qo'qon[[Qoʻqon]] xonligining 18–19-asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qo'qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda oʻsib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning oʻziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari sheʼriy yoki qisman sheʼriy yoʻlda yozildi. Bu esa qoʻqonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, oʻzlari ham sheʼriyatda qalam tebratganliklarini koʻrsatadi. Mas, "Tarixi jahonnamoyi" (Junayd Mullo Avazmuham-madAvazmuhammad Mullo Roʻzi Muhammad soʻfi oʻgʻli), "Shohnoma" (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), "[[Shohnomayi Umarxoniy]]" ([[Mirzo Qalandar Mush-rifMushrif Isfaragiy]], u [[Fazliy Naman-goniyningNamangoniy]]ning "Zafarnoma" asarini nasriy qilib yozgan). "[[Muntaxab attavorixat-tavorix]]" (Xoʻja [[Muhammad Hakimxon-toʻra]] bin Sayid Maʼsumxon), "[[Tarixi Shohruxiy]]" ("Tarixi say-yidisayyidi [[Xudoyorxon]]", [[Mullo Niyoz muhammadMuhammad Xoʻqandiy]] Niyoziy bin Mul-loMullo bin Ashur Muhammad Xoʻqandiy), "[[Tarixi jadidai Toshkand]] (Muham-mad[[Muhammad Solihxoʻja]] ibn Qorixoʻja), "Shohnoma" (Mahzun Ziyovuddin Xoʻqandiy), "Jangnomai [[Xudoyorxon]]" (Shavqiy Namangoniy) va boshqa
 
19-asr boshlarida shakllangan Qoʻqon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta oʻrin tutgan. Qoʻqon hukmdorlarining qator namo-yandalari temuriylar anʼanasini davom ettirib, oʻzlari ham ilm-maʼri-fat bilan shugʻullanib, bu sohani rav-naq topdirishga katta saʼy-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qoʻqon xonlaridan Umarxon (1810–22) va muhammad Alixon (1822–41) davrlari yaqqol ajralib turadi.