Komil Yashin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Yashin (maʼnolari)}}
[[File:Komil Yashin (1909-1997).jpg|thumb|220px|Komil Yashin 1962-yil]]
'''Komil Yashin''', (taxallusi; asl nomi Nuʼmonov Komil Nuʼmonov) (1909.25.12, [[Andijon (shahar)|Andijon]] — 1997.25.9, [[Toshkent]]) — shoir, dramaturg, publitsist va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1969), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademik (1968), [[Sotsialistik Mehnat Qahramoni|Mehnat Qahramoni]] (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). [[Halima Nosirova|Halima Nosirovaning]] turmush oʻrtogʻi. Leningraddagi oʻrmon xoʻjaligi institutida oʻqigan (1925—28). Andijon maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1928—30). Andijon viloyat va Oʻzbek [[musiqali drama]] teatrlarida adabiy emakdosh (1930—36), Sanʼat ishlari bosh boshqarmasida boshliq (1946—49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais (1958—80), "Oʻzbek tili va adabiyoti" jurnalda bosh muharrir (1969—80, jamoatchilik asosida). Adabiy faoliyati 1925 yildan boshlangan. Uning shu yillardan boshlab yozgan sheʼrlari "Quyosh" (1930), "Kurash" (1931) va boshqalar toʻplamlariga kiritilgan. Ayni paytda teatr sanʼati bilan ham qiziqib, "Kar quloq" (1926), "Teng tengi bilan", "Lolaxon" (1927), "Quyosh" (1929) kabi bir pardali pyesa va inssenirovkalar yozgan. "Lolaxon" pyesasining Qori Yoqubov rahbarligidagi Etnografik ansambl repertuariga kiritilishi (1927), ayrim pyesalarining Andijon teatrida sahnalashtirilishi (1929) Yashindagi teatr sanʼatiga boʻlgan maylni kuchaytirgan. Uning 30-yillar voqeligida kechayotgan murakkab jarayonlarni aks ettiruvchi "Oʻrtoqlar" (1930), "Yondiramiz" (1931), "Ichkarida" (1933, 1935 yilda qayta ishlanib, "Gulsara" nomi bilan sahnalashtirilgan), shuningdek, "Nomus va muhabbat" (1935) pyesalari maydonga kelgan. Yashin dramaturgiya sohasidagi bu dastlabki asarlari bilan shoʻro davri adabiyotining gʻoyaviylik tamoyiliga qatʼiy rioya qiluvchi yozuvchi sifatida tanilgan.
 
Yashin tarixiyijtimoiy davr talabi bilan "[[Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva|Nurxon]]" (1940) pyesasini yozgan va uni musiqiy drama teatri sahnasiga olib chiqqan. Dramaturg bosh qahramonning halokati bilan yakunlanuvchi ushbu asarida jamiyat va shaxs erkinligi mavzuini adabiyotning insonparvarlik tamoyili asosida yechishga uringan.
 
[[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] yillarida fashizmning bosqinchilik mohiyatini ochishga qaratilgan "Oʻlim bosqinchilarga" (1942), front orqasida qahramonona mehnat qilgan fidoyi kishilar haqidagi "Davron ota" (1942, [[Uygʻun]], [[Sobir Abdulla]], Chustiy bilan birga), "Oftobxon" (1944), urushdan keyingi yillarda esa "General [[Sobir Rahimov|Rahimov]]" (1949) pyesalarini yozgan. Shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, tanikli davlat, jamoat va madaniyat arboblarining nohaq qatagʻon etilgani oshkor boʻlgan davrda Fayzulla Xoʻjayevga bagʻishlangan "Inqilob tongi" (1974) pyesasini yaratgan.
 
Yashinning dramaturg sifatida shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatgan omillardan biri uning [[Hamza Hakimzoda Niyoziy|Hamza]] bilan ijodiy hamkorligidir. Yashin Hamzaning kichik sahna uchun moʻljallangan "Boy ila xizmatchi" pyesasini 1939 yilda qayta ishlagan. Uning saʼyharakati bilan Hamzaning "Paranji sirlaridan bir lavha" va "Maysaraning ishi" pyesalari ham topilib, sahnalashtirilgan. "Maysaraning ishi" komediyasi asosida opera spektakli va kinofilm yaratilgan. Yashin ijodida Hamza obrazini yaratish masalasi ham markaziy oʻrinlardan birini tashkil etadi ["Hamza" (1940, A. Umariy bilan birga) dramasi, "Hamza" ([[Sobir Muhamedov]] bilan birga) filmi (1960, rejissyorlar [[Zohid Sobitov]], N.Radov) ssenariysi va shu nomdagi opera librettosi (1961, kompozitor S. Boboyev), B. Privalov va Sh. Abbosov bilan birga "Olovli yoʻllar" (1975—84, rejissyor Sh. Abbosov) 14 seriyali telefilm ssenariysi]. Shoʻro hukumati buyurtmasi bilan yaratilgan "Olovli yoʻllar" teleserialida Yashin Hamza obrazini haddan ziyod sovetlashtirib, tarixiy xaqiqatning buzilishiga yoʻl qoʻygan. Shunday nuqson Yashinning "Hamza" (1987) romanida ham seziladi.