Muxolifat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
O‘zbek (munozara | hissa)
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
O‘zbek (munozara | hissa)
→‎Muxolafat: Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
'''Muxolifat''', muxolifat (arab.arabcha — teskarilashish, kelishmovchilik) — rasmiy hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yoʻl tutib, faoliyat yuritish. Muvolifatning mavjudligi fuqarolik jamiyatining siyosiy madaniyatini belgilab beruvchi muhim xususiyathisoblanadi. Muxolifat boʻlishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni boshqarish, tashkil etish boʻyicha oʻz dasturiga, oʻz “komanda”siga, oʻz faoli-yatining gʻoyaviy, mafkuraviy asosiga ega boʻlish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat olib borish; oʻz dasturini mafkuraviy yoʻllar bilan keng jamoatchilikka yetkazish; oʻz elektorati (saylovchilar doirasi)ga ega boʻlish, ular manfaatini kuzlab qonun doirasida kurashish; hal qilinishi kerak boʻlgan vazifalarni yechish uchun alternativ (muqobil) yoʻllarni taklif etib, uning toʻgʻriligini amalda isbotlashga harakat qilish.
 
Hozirgi davrda Muxolifatning rivojlangan shaklini Buyuk Britaniya va AQShda kurish mumkin. Muxolifat bu mamlakatlarda har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi, uning rahbarlari rasmiy lavozimlarga ham tayinlanadi.