Somoniylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 107:
}}
 
'''Somoniylar''' - 875-999 yillarda Movarounnahr va Xurosonni boshqargan sulola.
'''Somoniylar''' - 910-asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi sulola. S.ning oilaviy nisbasi, yaʼni nomi ularning ajdodi boʻlmish Somonxudot ismi bilan bogʻliq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-asr) va Hamza Isfahoniy (10-asr) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlogʻidan, alMukaddasiy (10-asr) ning maʼlumotiga koʻra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan boʻlgan. "Saʼdiya" nomli asar (17-asr) da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, uning asl ismi Arquq boʻlib, u Fargʻonadan Termizga koʻchib kelgan va u yerda Somon nomli qishlogʻiga asos solgan.Oʻrta asrlarda Buxoro, Fargʻona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar boʻlganligi kayd etilgan. Bu maʼlumotlar "Somon" toponimi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi boʻlganligidan dalolat beradi.
 
Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (6-asr) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan.