Somoniylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 139:
 
== Ismoil Somoniy ==
[[File:Bukhara - Samanid Mausoleum.jpg|thumb|200px|Ismail Somoniy maqbarasi, Buxoro]]
[[Ismoil Somoniy]] oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U [[Movarounnahr]]ni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. [[893|893-yilda]] [[Taraz]] shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada [[Buxoro]] vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.