Boburnoma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
O‘zbek (munozara | hissa)
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Xatoni to'g'irladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
'''Boburnoma''' — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi [[Zahiriddin Muhammad Bobur]]. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/19—1530). "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. Bobuburnomada 1494—1529 yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻlikdir.
 
"B.Boburnoma" oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—24) va Hindiston (1524— 30)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—94) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻltirishi (1494 yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-asr 90- yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat.
 
"B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-asr 80—90- yillari va 16-asr 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va boshqa haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari, anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq xoʻjaligi, daryo va suv havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16-asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va boshqa turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan.