Simfoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Tug'ri
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Klasik Simfoniya''' (yun. symfonia — ohangdoshlik) — simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yunalishidagi cholgʻu musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga muljallangan; baʼzi Slarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va boshqa orkestrlarga muljallangan Slar ham uchraydi. S.ning mumtoz shakli umumiy gʻoya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi — mavzularning qaramaqarshiligi hamda jadal rivoji bilan bogʻliq buladi; 2-qismi — lirik chekinish vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso harakterida yoziladi; 4-qismi — koʻpincha tantanavor, joʻshqin xotimadir.
 
"S". atamasi Yevropa mamlakatlarida turli maʼnolarda qoʻllanilgan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-asr kompozitorlaridan F. Shubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va boshqa S. rivojiga muhim hissa qoʻshgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-asr komlozitorlari ijodida S. yangi bosqichga koʻtarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar S. ustalari sifatida tanilgan.