Uygʻurlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Firatlal (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Firatlal (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 24:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Uygʻurlar''' - xalq, XXRdagi [[SintszyanUygur muxtor rayonining]] tub joy aholisi. 8 mln. kishidan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, [[Hindiston]], [[Afgʻoniston]] va [[Pokiston|Pokistonda]] yashaydi. Uygur tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. [[Yapon tili|Yapon]] (Yutyanxeng), [[Fransuzlar|fransuz]] (Klaprot) olimlari fikricha, "uygʻur" atamasi mil. av. 3—2-asrlardan maʼlum. U. etnogenezi [[Xitoy]] manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan "di"(turk[[Turk]])larning "chidi"(qizil di — janubiy turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shimolida mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594 yil [[Szin]] (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim.ga ketishga majbur boʻlishgan. U. [[Hun xoqonligi|hun qabilaviy ittifoqi]] (mil. av. 3-asr — mil. 3—4-asrlar)da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-asrlarda U. [[Jujan xonligi|Jujan]](Avar) xonligi, keyinchalik [[Turk xoqonligi]] tarkibiga kirgan. 7-asrga qadar U. tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, [[Xazarlar|xazarqasar]], xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryoning yuqori]] qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-asrdagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, izgil(sije), [[Bosmillar|basmil]] (bashimi), [[Qarluqlar|qarluq]] (gelulu), sir, [[Tardushlar|tardush]], [[Tivalar|tuva]], quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.
 
Qadimda U.ning aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabilaurugʻdoshlik munosabatlari yoʻqolib, yashagan joylari nomi bilan atalib kelgan. U.ning togʻlik oʻlkalardagi va chorvachilik bilan shugʻullangan qismi koʻchmanchi hayotga moslashgan. Ular 646 yil Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uygʻur xonligini tiklagan. UygʻurUrxun xoqonligi (Uygʻur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari "Uygʻur" deb, 9-asrda U.ning Idiqut ([[Turfon]]) davlati Xitoy manbalarida "Kuju xonligi" deb nomlangan. 11-asrda uning hududi gʻarbda Kuchar shahridan Buyuk Xitoy devorigacha choʻzilgan boʻlib, arab manbalarida "bilod Uygʻur" yoki "Yugʻur"(alMarvaziy) deb qayd etilgan.
 
U. mamlakati qad. madaniyat oʻchoklaridan hisbblanadi; bu hududda koʻplab qad. davlatlar, shaharlar mavjud boʻlgan. U. qadimdan turli yozuvlardan (26 ta) foydalangan. Ular 5—6-asrlardan boshlab maxsus uygʻur yozuvi ishlata boshlashgan. Qad. uygʻur musiqa sanʼati Xitoy musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uygʻur xalqi musiqasining gavhari boʻlgan 12 maqom 16-asrda Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan. U. hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli zebziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak, paxtadan maxsus dastgohlarda mato toʻqishgan. Mil. boshlarida (3-asr) ular tomonidan ishlab chiqarilgan qogʻoz, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan qogʻoz nusxalarining eng qad.si hisoblanadi.