Hikmatli soʻzlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{maʼnolari|Hikmatli soʻzlar (maʼnolari)}}
'''Hikmatli soʻzlar''' — tugal fikrni anglatuvchi, oʻtkir mazmunli qisqa va loʻnda ibora, bayt, jumla. Xalq maqollaridan farqli ravishda Hikmatli soʻzlar kelib chiqishi jihatidan maʼlum bir shaxs (yozuvchi, shoir, publitsist, faylasuf, olim, davlat arbobi va boshqalar)ga mansub boʻlib, individualligini saqlab qoladi. Hikmatli soʻzlar ning mustaqil janr shaklidagi namu-nalari bilan birga ilmiy, falsafiy, tarixiy hamda badiiy asarlar tarkibida uchraydiganlari ham boʻladi. Baʼ-zan asar boshdan-oyoq Hikmatli soʻzlardan iborat boʻlishi ham mumkin (Forobiy va boshqalar). Alisher Navoiyning ayrim asarlari Hikmatli soʻzlarga boy ("Nazm ul-javohir", "Arbain", "Mahbub ul-qulub" va boshqalar). Sharq xalqlari adabiyotida, jumladan, oʻzbek adabiyotida Hikmatli soʻzlarning koʻp qismi pand-nasihat, oʻgit, tanbeh shakllarida boʻladi.