Xalfa (folklor): Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali |
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali |
||
Qator 2:
'''Xalfa''' (folklorda) — Xorazm vohasida mahalliy ogʻzaki ijod namunalarini ijro etuvchi ayol. Xalfalar faoliyat koʻrsatish sharoitiga koʻra ikki yoʻnalishga boʻlinadi: toʻy va bazmlarda qoʻshiqlar ijro etuvchi „sozi xalfa“ hamda „kitobiy xalfa“ — taʼziya va marosimlarda kitob oʻquvchi ayol, otin (otinoyi). Ularning ikkalasi ham „ichkari“da ayollarga xizmat kilgan.
„Sozi Xalfa“lar sanʼatida joʻrnavozli va yakka ijrochilik mavjud. Ansambl uch kishidan tarkib topadi: Xalfa (garmon chaladi va qoʻshiq aytadi), doirachi (qoʻshiqlarga joʻr boʻladi, baʼzan raqs tushadi) va oʻyinchi (raqs tushadi va lapar aytadi). Xalfalar repertuaridan asosan
„Kitobiy Xalfa“lar esa, asosan, taʼziya, „Ulli pir“, „Mushkul kushod“ kabi marosimlarda „Gʻavsuli Aʼzam“, „Paygʻambarlar hikoyati“, „Bobo Ravshan“, ‘‘Bibi Seshanbaʼ’ va boshqa diniy mavzudagi kitoblarni yakka holda oʻqib ayollar dardini yengillatishadi va maʼrifat tarqatishadi.
|