Aforizmlar (Navoiy) (1961): Versiyalar orasidagi farq

1961-yilda chop etilgan Alisher Navoiy hikmatli soʻzlari toʻplami.
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Yangi maqola
(Farq yoʻq)

27-Dekabr 2020, 17:37 dagi koʻrinishi

„Aforizmlar (Navoiy) (1961)“Alisher Navoiy asarlaridan olingan hikmatli soʻzlar toʻplami. Toʻplamni Yu. Eshonqulov tuzgan va nashrga tayyorlagan. Asar 1961-yil Toshkent shahrida „Oʻrta va oliy maktab nashriyoti“da chop etilgan.

Aforizmlar (Navoiy) (1961)
Muallif(lar) Alisher Navoiy
Janr(lar)i hikmatli soʻzlar
Nashriyot „Oʻrta va oliy maktab nashriyoti“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1961
Sahifalar soni 32

Ushbu toʻplamga Navoiyning koʻplagan asarlarida keltirilgan hikmatli soʻzlar kiritilgan. Toʻplamda hikmatli soʻzlar kirill alifbosi tartibida berilgan. Har bir sahifada uchragan tushunarsiz soʻzlar raqamlanib, izohi oʻsha sahifa oxirida keltirilgan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Sobirova - muharrir, H. Ahmatjonov - badiiy maharrir, S. Axtamova - texnik muharrir, N. Rixsiyeva - musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.

Havolalar