Saodatnoma: Versiyalar orasidagi farq

Oʻzbek yozuvchisi Rahimjon Usmonov qalamiga mansub toʻplam.
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Yangi maqola
(Farq yoʻq)

29-Dekabr 2020, 14:22 dagi koʻrinishi

„Saodatnoma“ — Toshkent Davlat dorilfununi professori, jumhuriyatda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi Rahimjon Usmonovning asarlari toʻplami. Toʻplamni tarbiyashunoslik fanlari nomzodi, dotsent Soliy Hasanov tuzgan va nashrga tayyorlagan. Shuningdek, Soliy Hasanov asar kirish soʻzini ham yozgan. Kitob 1995-yilda Oʻqituvchi nashriyotida chop etilgan.

Saodatnoma
Muallif(lar) Rahimjon Usmonov
Til oʻzbekcha
Nashriyot Oʻqituvchi nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1995
Sahifalar soni 368
ISBN ISBN 5-645-01984-9

Kitobga kiritilgan mavzular muallifning boshqa taʼlim-tarbiyaga oid asarlaridan tanlanib olingan. Toʻplamda asosan: mehr-muruvvat, diyonat, hamdardlik, sahiylik, doʻstlik, martdlik, halollik va shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega mavzulardagi maqolalar bor.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Ahmedov - tahririyat mudiri, Safo Ochil – muharrir, E. Nurmonov - badiiy muharrir, E. Vildanova – texnik muharrir, P. Aʼzamova, Z. Gʻulomova – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.

Havolalar