Muborak tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 62:
}}
 
'''Muborak tumani''' - Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatitsat tuman. 1978 yil 13 sentabrda tashkil etilgan. Gʻarbda Buxoro viloyati, shimolida Navoiy va Samarqand viloyatlari, sharqda viloyatning Koson tumani, janubida Kasbi va Mirishkor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,07 ming km². Aholisi 62 ming kishiga yaqin (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolar yigʻini (Muborak, Sariq, Qarluk, Qoraqum), 1 shahar (Muborak) bor. Tuman markazi — Muborak shahri
 
Tabiati. Tuman Qashqadaryoning quyi qismida, Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Yer usti tekislik, adir va qirlardan iborat. Balandligi 450– 550 m. Yozi uzun va issiq, iyulda temperatura 42" gacha kutariladi. Yanvarda eng past temperatura —27°. Noyabr oʻrtalaridan havo soviydi va namgarchilik boshlanadi. Yillik yogʻin 190–200 mm. Vegetatsiya davri 270—280 kun. Tuman hududidan Qashqadaryo oqib oʻtadi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, turkman, tatar, arman, ukrain, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 20 kishi (2003).