Amir Nasrulloh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
+
Qator 6:
 
Nasrullaxon qatʼiy markazlashtirish siyosatini olib borgan: markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamagan Shahrisabz va Kitob beklarining qarshiligini sindirib, separatistik (ajralish va taslimchilik) kayfiyatlariga barham berdi. Amir butun [[Movarounnahr]] va [[Xorazm]]ni yagona davlat ostiga birlashtirishga intildi. U bu rejasini toʻliq amalga oshira olmagan boʻlsa ham, qisqa muddat davomida butun Movarounnahrni yagona davlat sifatida boshqardi. [[Qoʻqon xonligi]] hududining Buxoro amirligi tarkibiga qoʻshib olinishi mintaqadagi ikki oʻzbek davlatchiligini oʻzaro birlashtirish edi.
 
Nasrullaxon oʻzining faol siyosatida qator yutuqlarga erishib, Buxoro davlatining yaxlit qismi hisoblangan Balx, Marv va boshqa viloyatlar hududlarini amirlik ixtiyoriga yana qaytardi. Biroq bu hududlar keyinchalik turli sabablar natijasida Buxoro amirligi tarkibidan chiqib ketdi.
 
== Maʼmuriy va harbiy sohadagi islohotlari ==