Haydar — versiyalar orasidagi farq

12 bayt qoʻshildi ,  4 oy oldin
qisqa izoh tahrirlanmadi
Amir Shohmurodning oʻgʻli, Doniyolbiy otaliqning nevarasi. Uning onasi ashtarxoniylardan Abulfayzxonsh qizi Bonu Shams boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 yil tahsil olib, Qurʼoni karim sharhi va hadis ilmlarini puxta egallagan. Amir Shohmurod H.ni Qarshi viloyatiga hokim qilib tayinlagan. Shohmurod vafot etgach, Buxoro amirligi taxtiga oʻtirgan va "amir al-moʻminin" unvonini olgan (1800.2.12). Buxoro amirligida vujudga kelgan keskin siyosiy vaziyatni yumshatishga hara-kat qilgan. H. ayirmachilik kayfiyatlarni namoyon qilayotgan Shahrisabz, Kitob, Urgut bekliklari, Miyonqol va Samarqand hokimlariga qarshi janglar olib borishga majbur boʻlgan.
 
H. Xurosonga ham harbiy yurishlar qilib, Balx (1817), [[Badaxshon]], [[Qunduz]] va Maymanani[[Maymana]]ni Buxoro amirligiga qaytargan.
 
Marv hokimi Din Nosirbek (H.ning ukasi) Xiva xoni Eltuzarxon qutqusiga uchib, akasiga qarshi bosh koʻtaradi (1804) va magʻlubiyatga uchraydi. Shu asnoda Xiva xoni Eltu-zarxon bir necha marta Buxoroga harbiy bosqinlar uyushtirgan. Ana shunday yurishlarning birida Niyozbek parvonachi boshchiligida 20 ming kishilik Buxoro qoʻshini xorazmliklar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Eltuzarxon Amudaryodan qochib oʻtayotganda daryoda gʻarq boʻlib oʻlgan. Eltuzarxonning 3 birodari va qoʻplab xivaliklar asir tushishgan. Amir H. Eltuzarxonning kichik birodari Qutlugʻmurodxonni 400 asir bilan ozod qilib, Urganchga joʻnatgan.