Muhammad Rahimxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14:
Shunday qilib, [[1756|1756-yili]] [[Buxoro amirligi|Buxoroda]] hokimiyat tepasiga yangi sulola — mangʻitlar sulolasi keldi va davlatni [[1920|1920-yilgacha]] idora qildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan boʻldi. Mangʻitlar 92 oʻzbek qabilasining biri edi.
 
== Muhammad RahimRahimxon - Buxoro xonligi hukmdori ==
 
Muhammad Rahim - mamlakatda oʻzining mutlaq hukmdorligini oʻrnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday siyosatdan koʻzlangan maqsad — markazlashgan davlatni tiklash edi. Muhammad Rahim bu siyosatni roʻyobga chiqarishga qatʼiy kirishdi. U barcha mahalliy hukmdorlarni oʻz huzuriga chorlab, ularga oʻzining asl maqsadini, oʻz boshqaruv dasturini maʼlum qildi. Lekin davom etayotgan ichki nizolar, urushlar mamlakatni xonavayron qilayotganligi, xoʻjalik, savdo-sotiq ishlarining izdan chiqayotganligi, agar bu jarayonlar bundan buyon ham davom etiladigan boʻlsa, davlat halokati muqarrar ekanligini alohida taʼkidladi. Qaysi mahalliy hukmdor markaziy hokimiyatga boʻysunmasa, undaylar ayovsiz jazoga tortilishini ogohlantirdi.
Qator 21:
 
Muhammad Rahim yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday boʻlsa-da, u barcha bekliklarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga toʻla erisha olmadi.<ref>[http://eduportal.uz/ebooks/ozbekiston.tarixi.8/band/14-2.htm Muhammad Rahimxon eduportal.uz saytida]</ref>
 
 
== Manbalar ==