Dorivor oʻsimliklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Adabiyot: o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Dorivor oʻsimliklar''' - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar — giyohlar. Yer yuzida D.oʻ.ning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda D.oʻ.ning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsaditanoʻsadiga

n va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladifoydalanil3adi. Hoz. davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan doridarmonlarning qariyib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy lab. boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobili-yatiga ega. D.oʻ.ning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va b.dan doridarmon tarzida foydalaniladi.
 
D.oʻ.ni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va b., 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. D.oʻ.ning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va b. birikmalar boʻlishi mumkin.