Biologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 15:
19-asrda Ch. Darvin tomonidan evolyutsiya nazariyasining ishlab chiqilishi B.ning rivojlanishi tarixida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Uning „Turlarning paydo boʻlishi…“ (1859) asarida evolyutsiyaning asosiy mexanizmi—tabiiy tanlanish ochib beriladi. B.da Darvin gʻoyalarining gʻalabasi bilan evolyutsion solishtirma anatomiya (K. Gegenbaur), evolyutsion embriologiya (A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov), evolyutsion paleontologiya (V. O. Kovalevskiy) kabi yangi yoʻnalishlarga asos solindi. Hujayraning boʻlinishi (E. Strasburger, 1875; V. Flemming, 1882 va boshqalar), jinsiy hujayralarning yetilishi, uruglanishi (O. Gertvig, 1875; G. Fol 1877; E. van Beneden, 1884; T. Boveri, 1887, 1888) hamda u bilan boglik boʻlgan mitoz va meyozda xromosomalarning taqsimlanishini oʻrganish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar jinsiy hujayralar yadrosida irsiy axborotning saqlanishi toʻgʻrisida koʻplab gʻoyalarning paydo bulishiga olib keldi. Ana shu davrda (1865) G. Mendel tomonidan irsiylanish qonuniyatlari ochilishi bilan genetika faniga asos solindi.
 
20-asr yangi B. fanlarining rivojlanishi, B.da klassik tadqiqotlar miqyosining yanada kengayishi bilan ajralib turadi. Shu asrda genetika, sitologiya, fiziologiya, biokimyo, rivojlanish B.si, evolyutsion taʼlimot, ekologiya, biosfera haqida taʼlimot, shuningdek mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya, parazitologiya va B.ning boshqa koʻp tarmoqlari jadal surʼatlar bilan rivojlandi. Mendel ochgan qonunlar asosida mutatsiya va irsiyatning xromosoma nazariyalari ishlab chiqildi (T. Boveri, 190207; U. Setton, 1902). Xromosoma nazariyasini T. Morgan va shogirdlari V. Iogansenning sof liniya toʻgʻrisidagi taʼlimotiga (1903) asoslanib gen, genotip, fenotip tushunchalarini ishlab chiqishdi. 20-asrning oʻrtalarigacha genlarning kimyoviy tabiati irsiy molekulalar shaklida ekanligi nazariy jihatdan talqin qilinib kelindi (N. K. Kolsov, 1927). Mikroorganizmlardagi transduksiya va transformatsiya hodisalarini oʻrganish asosida DNK molekulasi genetik informatsiyani tashuvchi ekanligi aniklandi (AQSH, O. Eyveri, 1944). DNK qush spirali tuzilishining oʻrganilishi (J. Uotson, F. Krik, 1953) genetik kodning kashf etilishiga olib keldi. Bu kashfiyotlar molekulyar genetikaga asos soddi. Oqsillarning aminokislotalardan iborat tarkibi oʻrganilganligi, ayrim oqsillar (insulin)ning sintez qilinishi, viruslar va faglarning nukleoproteidlardan tuzilganligining koʻrsatib berilishi 20-asr oʻrtalarida qilingan eng muhim kashfiyotlardandir. Elektron mikroskopning kashf etilishi oddiy mikroskopda koʻrinmaydigan strukturalarni koʻrishga, hujayraning eng nozik tuzilishini tekshirishga, bakteriyalar va viruslarning tuzilishini batafsil oʻrganishga imkon berdi. Nishonli atomlar usuli organizmda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganish uchun yoʻl ochdi. Gistologik kimyo differensial sentrifugalash, rentgenostruktura analizi usullari tirik organizmlar kimyoviy tarkibi, hujayra organoidlari va qismlarini mukammal tekshirish usullarini koʻrsatib berdi. Ana shu kashfiyotlar tufayli 20-asrning 2-yarmida B.ning eng yosh sohasi—molekulyar B. dunyoga keldi va tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Molekulyar B. sohasidagi tadqiqotlar B. fanining barcha sohalarida yangi gʻoyalar paydo boʻlishiga olib keldi; hujayraning tuzilishi va funksiyasi haqidagi tushunchalarni tubdan oʻzgartirib yubordi. 20-asrda hayvonlar fiziologiyasi sohasida ham katta yutuqlarga erishildi. Rus olimi I. M. Sechenov (1829—1905) nerv sistemasini oʻrganib, bosh miya reflekslari toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos soldi. I. P. Yaavlovshartli va shartsiz reflekslar, qon aylanish va ovqat hazm qilishning nerv regulyatsiyasi sohasida bir qancha yirik kashfiyotlar qildi. Uning shartli reflekslar va oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimoti Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Bu davrda neyrofiziologiya ham tez surʼatlar bilan rivojlana boshlaydi. Oʻsimliklar fiziologiyasida fotosintez jarayonlari, avvalo xlorofillni oʻrganishda ancha katta yutuqqa erishildi, xlorofill sintez qilindi, oʻsimliklarni oʻstiradigan baʼzi gormonlar (auksinlar, gibberellinlar) ajratib olindi va sunʼiy sintez qilindi. Evolyutsion nazariya sohasida ham muhim kashfiyotlar qilindi, xususan 20—30- yillarda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari aniklandi; mutatsion oʻzgaruvchanlik, individlar sonining oʻzgarib turishi va izolyatsiyani tanlanishning muayyan yoʻnalishda taʼsir etishidagi oʻrni ochib beriddi (N.I. Vavilov, S. S. Chetverikov, B. S. Xoldeyn, R. Fisher, S. Rayt, J. Haqsli, F. T. Dobrjanskiy, E. Mayr va boshqalar). Bu esa darvinizmning yanada rivojlanishiga, evolyutsiya omillari mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi taʼlimotlarni oʻzida jo qilgan sintetik evolyutsion taʼlimotni ishlab chiqishga imkon berdi (I. I. Shmalgauzen va boshqalar). V. I. Vernadskiyning biogeokimyo va biosfera, A. Tenslining ekosistemalar (1935) toʻgʻrisidagi taʼlimotlari B.ning katta yutuklaridan boʻlib, inson bilan tabiat oʻrtasidagi munosabatlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. V. Shelferd (1912, 1939), Ch. Elton (1934) va boshqalarning ishlari tufayli ekologiyaning nazariy asoslari ishlab chiqildi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ekologiya erishgan yutuqlar va tabiatni muhofaza qilish muammolari deyarli barcha B. fanlarini ekologiyalashtirishga olib keldi. Molekulyar biol. sohasidagi ishlar (genetik kodning ochilishi, sunʼiy genning sintezlanishi) gen injeneriyasi va biotexnologiya kabi amaliy fanlarning rivojlanishi uchun nazariy asos boʻldi. Keyingi yillarda ayniqsa populyatsion B. tez surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar son jihatdan tobora oʻsib borayotganbosfcdasfdasfasfasfasfasfrayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish, qirilib ketayotgan turlarni muhofaza qilish va tirik organizmlarning biologik xilmaxilligini saqlab qolish kabi muammolarni muvaffaqiyatli yechishga imkon beradi.
 
Oʻzbekistonda 20-asrning 1-yarmida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari asosan oʻsimlik va hayvonot dunyosi resurslarini oʻrganish va ulardan samarali foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq. Botanika sohasida yaylovlarning fitomeliorativ holatini yaxshilash, texnika ekinlari va suv oʻtlarini oʻstirish usullari ishlab chiqildi; oʻsimliklarning geoekologik tasnifi, iyerarxik sxemasi taklif etildi; oʻsimliklarning ekstremal sharoitga moslanish xususiyatlari ochib Ye^rildi (qarang 3. Zokirov, J. K. Saidov, P. A. Baranov, V. A. Burigin, A. M. Muzaffarov, P. K Zokirovva b.); gʻoʻzaning ekologik, anatomomorfologik va genetik xususiyatlarini oʻrganish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirildi (S. X. Yoʻldoshev, A. I. Imomaliyev, S. S Sodiqov va boshqalar). Mikrobiologik yoʻl bilan oqova suvlarni tozalash, maʼdanlarni ajratib olish, qishloq xoʻjaligi chiqindilaridan yemxashak tayyorlash, fiziologik faol moddalarni ajratib olish, oʻsimliklarning vilt va virus kasalliklariga qarshi kurash asoslari yaratildi (M. I. Mavloniy, A. F. Xolmurodov, S. A. Asqarova va boshqalar). Ekologikfaunistik ishlar teriologiya, ornitologiya, gerpetologiya, gidrobiologiya, entomologiya, parazitologiya va zoologiyaning boshqa sohalarida keng miqyosda amalga oshirildi (T. 3. Zohidov, D. N. Kashkarov, A. M. Muhammadiyev, S. N. Alimuhamedov, V. V. Yaxontov, R. O. Olimjonov, A. T. Toʻlaganov, M. A. Sultonov, J. A. Azimov va boshqalar). 20-asrning ikkinchi yarmida ayniqsa soʻnggi yillarda B.ning biokimyo, genetika, molekulyar B., biotexnologiya, biofizika va ekologiya sohalarida bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. Tireoid gormonlarning taʼsiri mexanizmi aniklandi (Yo. X. Toʻraqulov, T. S. Soatov). Biologik membranalarning tuzilishi, hayvonlar toksikologiyasi va biokimyosi, ionlantiruvchi nurlar, defoliantlarning taʼsir mexanizmi va ionlarni membrana orqali transporta muammolarini yechishda ham bir kator muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritiddi (A. P. Ibragimov, J. H. Hamidov, A. Q. Qosimov). Gʻoʻzada genetik belgilarning irsiylanish mexanizmi ishlab chiqildi (J. A. Musayev, O. J. Jalilov, A. A. Abdullayev, N. N. Nazirov, A. A. Abdukarimov). Gen va hujayra injeneriyasining rivojlanishi insulin, interferon va oʻstiruvchi gormonlarni olish imkonini berdi (B. O. Toshmuhamedov, A. A. Abdukarimov, M. M. Rahimov, A. I. Gagelgans va boshqalar). B.ga oid tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya, Genetika, Fiziologiya va biofizika, Biokimyo institutlarida, shuningdek oliy oʻquv yurtlarida olib borilmoqda.