Madaminbek: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
joylashgan sozi qoshildi.
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 7:
M. 1919 yil 2 sentabrda Jalolobodda K. Monstrov bilan ittifoq tuzgan (qarang [[Krestyanlar armiyasi]]). 1919 yil sentabr — okt.da uning qoʻshini Jalolobod, Oʻsh va Margʻilonni qizil askarlardan ozod qilgan, biroq Andijon uchun boʻlgan janglarda yengilgan. M. Buxoro amiri Sayd Olimxon va Xiva xonligining amaldagi hukmdori Junaydxon bilan qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun muzokaralar olib borgan. Afgʻoniston va Turkiyaga oʻz vakillarini joʻnatgan. Rossiyaning Qashqardagi sobiq konsuli Uspenskiy va Buyuk Britaniyaning bosh konsuli P. Eserton orkali Yevropa davlatlari va AQShdan bolsheviklarga karshi kurash olib borish uchun iqtisodiy va harbiy yordam olishga intilgan. Pomirning Ergashtom (Irkeshtom) ovulida boʻlgan yirik anjumanda (1919.22.10) M. boshchiligida Fargʻona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilgan. M. hukumat boshligʻi boʻlish bilan bir qatorda Oliy bosh qoʻmondon etib ham saylangan.
 
Sovet rejimi va bolsheviklar milliy ozodlik harakatiga qarshi kurashish uchun Rossiya markazidan doimiy ravishda Turkistonga yangi-yangi qizil askar qismlari tashlangan. 1920 yil yanvar oyining oʻrtalariga kelib Fargʻona vodiysida jangovar tashabbus vaqtinchalik qizil armiya qoʻliga oʻtgan. M. vaqtdan yutish uchun 2-Turkiston oʻqchi diviziyasining boshligʻi N. A. Veryovkin Roxalskiy bilan Skobelev (hozirgi Fargʻona) shahrida yarash bitimini imzolagan (1920.6.3). M. bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning oʻnlab qoʻrboshilari va 3500 ta yigiti ham oʻtgan. Sovet qoʻmondonligi tomonidan muzokaralar oʻtkazish uchun qoʻrboshilar orasiga yuborilgan M. Xolxoʻja Eshon buyrugʻi bilan qirgʻizlarning Qorovul otlogʻi atrofida xiyonatkorona oʻldirilgan (1920.14.5). Uning qabri hozirgi Qirgʻiziston Respublikasi hududi — Olay vodiysidagi Shigʻay qishlogʻida joylashgan.
 
M. sovet rejimi davrida "bosmachi" sifatida nohaq qoralanib, uning faoliyati soxtalashtirilgan. M.ning serqirra faoliyati haqida Oʻzbekiston, Italiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarda i.t.lar olib borilmoqda.