Botuxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Botuxon''', Botu, Sainxon ([[1208]]-[[1255]]) - [[moʻgʻullar|moʻgʻul]] [[xon (unvon)|xon]]i, [[Joʻjixon|Jrjixon]]ning ikkinchi ugli, [[Chingizxon]]ing [[nabira]]si. B.ning [[ona]]si [[qoʻngʻirot (qabila)|qoʻngʻirot]] [[urugʻ]]idan boʻlgan Elchi noyonning qizi Ukifuj xotun edi. [[Ota]]sining [[oʻlim]]i ([[1227]])dan keyin [[Joʻji ulusi]]ni [[idora]] qilgan, moʻgʻullarning barcha asosiy harbiy yurishlarida katnashgan. [[Abulgʻoziy Bahodirxon]]ning yozishicha, [[Oʻqtoyxon]] [[Xitoy]]ni zabt etib, [[Moʻgʻuliston (qadimgi davlat)|Moʻgʻuliston]] ga qaytib kelgach ([[1235]]), B.ni [[Tulixon]]ning ugli [[Munke]], oʻzining ugli [[Guyukxon]] va [[Chigʻatoy]]ning oʻgʻillari hamrohligida [[ruslar|rus]], [[cherkaslar|cherkas]], [[bulgʻorlar|bulgʻor]], turo, [[boshqirdlar|boshqird]] va b. [[xalq|xalk]]lar yerlarini bosib olish uchun joʻnatadi. Ularga Chingizxonning eng yirik [[sarkarda]]si [[Subutoy]] [[bahodir]]ni harbiy maslahatchi qilib tayinlaydi. Yurishda jami 14 moʻgʻul xoni ishtirok etib, [[qoʻshin]]ning [[son]]i 150 mingga yetadi. B. [[1236]]—[[1238|38]] y.lardayillarda [[Volga-Kama Bulgʻoriyasi|VolgaKama Bulgʻoriyasi]], [[alanlar]], [[qipchoqlar]], Oʻrta [[Volga]]boʻyi xalqlari, [[Ryazan]], [[Vladimir (knyazlik)|Vladimir]] [[knyazlik]]larini (qarang [[Sit jangi|Sit ekangi]]) buysundiradi, [[Moskva]], [[Kolomna]], [[Vladimir]], [[Rostov]], Uglich, [[Yaroslavl]], [[Kostroma (shahar)|Kostroma]] kabi 14 rus [[shahar|shahri]]ni bosib oladi. [[1240]]—[[1241|41]] y.lardayillarda u Jan. [[Rus (davlat)|Rus]]dagi [[Kiyev]], VladimirVolinskiy, Galich va b. shaharlarni zabt etgach, [[Karpat togʻlari|Karpat]] [[dovon]]lari orqali [[Vengriya]]ga kirib [[qirol]] [[Bela IV]] ning 60 minglik qoʻshinini tormor keltiradi (qarang [[Sayo jangi]]). Soʻng [[Polsha]]ga bostirib kirib, Legnitsa sh. [[ostonalar|ostona]]sida [[polyaklar|polyak]] va [[nemislar|nemis]] knyazliklarining birlashgan qoʻshinlarini ([[ritsarlar]]ni) magʻlub qiladi (qarang [[Legnitsa jangi]]). Keyin u [[Chexiya]], [[Avstriya]], [[Xorvatiya]], [[Bosniya]] va [[Serbiya]]ni zabt etib, [[Adriatika dengizi]] boʻyiga chiqadi. Shunda ulugʻ [[qoon]]ning vafot etgani haqida xabar topib, ortiga qaytadi (1242). B. [[Dunay]] [[daryo]]sidan [[Irtish]] daryosigacha boʻlgan ulkan hududda [[Oltin Oʻrda]] [[davlat]]ini barpo qilgan (yana q.qarang [[Moʻgʻullar istilosi]]).
 
[[Flamandlar|Flamandlik]] [[sayyoh]] va [[monaxlar|monax]] [[Rubruk]]ning yozishicha, B.ning Quyi Volga boʻyidagi [[qarorgoh]]i shu qadar katta maydonni egallaganki, hatto unga butun bir yirik shahar sigʻishi mumkin boʻlgan. Qarorgoh markazida B. [[chodir]]i joylashgan. Uning jan., yaʼni eshik tomonigina ochiq qoddirilib, qolgan [[taraflar]]ida har bir moʻgʻul qavmi oʻzi uchun tayin qilingan joyga [[oʻtov]]lar tikkan.
 
B. [[mamlakat]]da [[savdo]]-sotiq va [[hunarmandchilik]]ni [[taraqqiyot|taraqqiy]] ettirishga katta eʼtibor bergan. Volganing sharqiy [[qirgʻoq|qirgʻogʻi]]da [[Astraxon]] (Ashtarxon) sh. yaqinida oʻziga [[poytaxt]] shahar — [[Saroybotu|SaroyBotu]]ni [[qurilish|qurdirgan]]. U [[moʻgʻullar davlati|moʻgʻullar imperiyasi]]dagi davlat toʻntarishi ([[1251]])da qatnashib, Munke (Mangu)ning ulug qoon (xoqon) boʻlmogʻiga koʻmaklashgan.
 
Ad.:Grekov B. D.,Yakubovskiy A. Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1966.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ad.:*Grekov B. D.,Yakubovskiy A. Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1966.
{{stub}} {{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->