Impressionizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Impressionizm''' (frans. impression — taassurot) — sanʼatda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida hukm surgan yoʻnalish. I. vakillari mavjud borliqni harakatda, oʻzgarishda tabiiyroq tasvirlashga, oʻz laxzalik taassurotlarini ifodalashga intilib, tasvirning jonli, haqqoniyligiga erishgan. Voqelikning tabiiyligi, inson va muhit birligida uning doimiy oʻzgaruvchanligi ifoda etildi.
 
Dastlab 1860-y.lardayillarda fransuz rangtasvirida vujudga kelgan. E. Mane, K. Mone, O. Renuar hayotdan olgan bevo-sita jonli taassurotlarini tasodifiy harakat, favqulodda holatlar ifodasida namoyon etdilar. Manzara, portret, koʻp shaklli kompozitsiyalarda ras-somlar tomonidan dastlabki taassurotlar kuchi va sofligi, betakror xususiyatlari mayda detallariga beril-masdan tasvirlandi. Impressionistlar ilk bor zamonaviy shahar hayotining serqirra koʻrinishlarini yaratib, asarlarida shahar manzarasi va undagi odamlar qiyofasida uning oʻziga xosligini aks ettirdilar. K. Mone, E. Dega, K. Pissarro, A. Sisley kabi manzara ustalari oʻz asarlarini ochiq havoda ishlab quyosh nuri jilosini, tabiatning rang-barang boʻyoklari boy maj-muasini yorqin aks ettirdilar, plener ularning asarlaridagi kundalik ohan-glarga quyosh nuri bilan toʻyingan, bay-ramona kayfiyat baxsh etgan.
 
Yetuk I. asarlari yorqinligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. I. xususiyatlari neoimpressionizm va postimpressionizmda taraqqiy etdi. Amerikada J. Uistler, Germaniyada M. Liberman, L. Korint, Rossiyada K. A. Korovin, I. E. Grabar va b. ijodi I. rivojiga hissa boʻlib qoʻshildi. 1880— 1910 y.lardayillarda I. koʻp rassomlar ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Bu vo-qelikni yangi tomonlarini oʻzlashtirishda, plener usullarini egallashda namoyon boʻldi. I. qoidalari haykaltaroshlikda turli darajada oʻz aksini topdi. Haykaltaroshlardan fransuz O. Roden, italiyalik M. Rosso, rus P. P. Trubetskiy, A. Golubkina va b. oʻz asarlarida harakatni, harakat paytida shakl oʻzgarishlarini ifoda etdilar.
 
Impressionist rassomlar ijodi oʻzbek rangtasvir sanʼati rivojida ham oʻz ifodasini topdi. Oʻzbekistonlik rassomlar L. Bure, O. Tatevosyan, P. Benkov, 3. Kovalevskaya, A. Mirsoa-tov va b. ijodida shu taʼsir seziladi.
 
Musiqada — I. Fransiya kompozitorlari ijodida 1880—90 y.lardayillarda paydo boʻlgan (K. Debyussi, keyinchalik M. Ravel, P. Dyuka va b.). 20-asr boshidan Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham tarqalgan (Ispaniyada M. de Falya, Italiyada O. Respigi, A. Kazel-la, Polshada K. Shimanovskiy va b.). Musikiy I.ga tabiat manzaralari, tash-qi dunyo hodisalarini kuzatish jarayo-nida yuzaga kelgan his-tuygʻularni, no-zik ruhiy holatlarni aks ettirish xosdir. Asarlar tembr va garmoniyaning rang-barangligi, shakl rivojining erkinligi, ritmikasining beqarorligi bilan ajralib turadi.
 
Adabiyotda — I.ning bir necha us -lubiy yoʻnalishlari kuzatiladi. "Psixologik I." yoʻnalishida yaratilgan asarlar, ayniqsa, mashhur. Garchi bu yoʻnalishning asoschilari aka-uka Gonkurlar hisoblansada, yangicha shakldagi ruxiy taxlillarga boy asarlarni K. Gamsun, T. Mann, S. Sveyg , ayniq-sa, M. Prust ijodida koʻplab uchratish mumkin.