Xalfa (folklor): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
O‘zbek (munozara | hissa)
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
[[Fayl:Xorazmning xalfalari.gif|thumb|Xorazm xalfalari]]
{{Maʼnolari|Xalfa (maʼnolari)}}
'''Xalfa''' (folklyorda) — Xorazm vohasida mahalliy ogʻzaki ijod namunalarini jonli ijro etuvchi ayol. Xalfalar faoliyat koʻrsatish sharoitiga koʻra ikki yoʻnalishga boʻlinadi: toʻy va bazmlarda qoʻshiqlar ijro etuvchi „sozi xalfa“ hamda „kitobiy xalfa“ — taʼziya va marosimlarda kitob oʻquvchi ayol, otin (otinoyi). Ularning ikkalasi ham „ichkari“da ayollarga xizmat kilgan.
 
„Sozi Xalfa“lar sanʼatida joʻrnavozli va yakka ijrochilik mavjud. Ansambl uch kishidan tarkib topadi: Xalfa (garmon chaladi va qoʻshiq aytadi), doirachi (qoʻshiqlarga joʻr boʻladi, baʼzan raqs tushadi) va oʻyinchi (raqs tushadi va lapar aytadi). Xalfalar repertuaridan asosan „Toʻylar muborak“, „Yor-yor“, „Oshiq“ turkumidagi („Tohir va Zuhra“, „Oshiq Alband“, „Asli va Karam“, „Hurliqo va Hamro“, „Oshiq Gʻarib va Shohsanam“ kabi) dostonlardan parchalar, Mahtumquli va boshqa shoirlarning sheʼrlari asosidagi nasihat va raqsbop qoʻshiqlar oʻrin olgan. Ijodkor xalfalar zamonning muxim masalalariga bagʻishlangan asarlar yaratib, ularga oʻzlari kuy bastalaganlar. Masalan, Xonim Suvchi Sayidahmad qizi (1858—1926) ning „Bevafo zolim“, Bibijonim Qosim Devon qizining „Ayrildim“, Anash choʻloq (Onajon Sobirova, 1885—1952) ning „Onajondek dilbar jahona galdi“, Ojiza (Onabibi Otajonova, 1889—1961)ning 30 dan ortiq qoʻshiqlari Nazira Sobirova, Roziya Matniyoz qizi, Saodat Xudoyberganova va hozirgi xalfalar tomonidan kuylanmoqda.