Sabuktegin: Versiyalar orasidagi farq

92 bayt olib tashlandi ,  2 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
(+)
Tahrir izohi yoʻq
'''Sabuktegin''', Sabuqtakin, Abu Mansur Nosiruddin vaddavla Sabuktakin (940, [[Issiqkoʻl (koʻl)|Issiqkoʻl]] atrofidagi Barsxon [[shahar|sh.]] — 997, [[Balx]]) — davlat arbobi va sarkarda, turkiy gʻaznaviylar sulolasi va [[Gʻaznaviylar davlati|Gʻaznaviylar davlati]] asoschisi.
'''Sebuktegʻin''' - [[Gʻazneviylar davlati]] hukmdori (963 - 997). [[Gʻazneviylar]] sulolasidan.
 
'''Sabuktegin''', Sabuqtakin, Abu Mansur Nosiruddin vaddavla Sabuktakin (940, [[Issiqkoʻl (koʻl)|Issiqkoʻl]] atrofidagi Barsxon [[shahar|sh.]] — 997, [[Balx]]) — davlat arbobi va sarkarda, gʻaznayeiylar sulolasi va [[Gʻaznavilar davlati|Gʻaznaviylar davlati]] asoschisi. S. asli [[qarluqlar|qarluq]] turklaridan boʻlib, uning otasini Qora Bajkam (turkcha Qora Hoʻkiz; asl ismi Juk) deyishgan. Oʻzaro urushlarning birida oʻsmir S. asir tushgan. [[Tarix]]chi [[Bayhaqiy Abulfazl Muhammad ibn Husayn al-Kotib|Bayhaqiy]]nknt yozishicha, Nasr hoji nomli quljallob tomonidan u [[Buxoro]] [[bozor]]idan sotib olinib, [[Juzjon]] (Gʻuzgʻonon)ga olib kelingan hamda [[Nishopur]]da [[somoniylar]]nknt Gʻaznadagi noibi [[Alptegin]]ta sotib yuborilgan. S. dovyurakligi va jasurligi bois Alptegin huzurida mavqei tez oshib, uning qiziga uylangan (bu nikoxdan uning valiahdi Ismoil tugʻilgan. [[Zobuliston]] hokimining qizi boʻlgan xotinidan esa Mahmud dunyoga kelgan). Hindistonga qilingan bir qancha yurishlarda faol qatnashgan. Oddiy gʻulomlikdan sipohsolor darajasiga koʻtarilgan. Alptegin vafot etgach (963), Somoniylarning Gʻaznadagi noiblari huzurida xizmat qilgan. [[Qoʻshin]]ning talabiga koʻra, Gʻazna viloyati amiri boʻlgan (977 y. 1 mart). Bu davrda Gʻazna viloyatiga Bust, Gardiz, [[Parvon]], [[Kobul (shahar)|Kobul]], [[Zamindovar]], Kusdar, [[Bomiyon]], [[Toxariston|Tohariston]], [[Hirot]] va Gʻur viloyatlari qoʻshib olingan. Shim. Hindistonga gʻaznaviylarning ilk yurishlarini boshlab, hind rojasi Jaylalni magʻlubiyatga uchratgan. Peshovar va Lamgʻon oʻrtasidagi xudud fath etilgan. Oradan koʻp oʻtmay Gʻazna viloyati somoniylardan ajralib chiqib, mustaqil davlat ([[poytaxt]]i — [[Gʻazna]] sh.)ga aylangan.
 
S. bilan somoniylar amiri [[Nuh ibn Mansur]] oʻrtasida [[Kesh]] va [[Naxshab]]da oʻzaro uchrashuv boʻlib, unda S. somoniylarni qoʻllab-quvvatlashga vaʼda bergan. Gardiziynchnt yozishicha, S.ning 20 ming kishilik qoʻshini somoniylarning Xurosondagi noibi isyonkor Abu Ali Simjuriy ([[Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim|Abulhasan Simjuriy]]ning oʻgʻli) va Foyiq askarlariga Hirot atrofida kuchli zarba bergan (994).