Suyunchxoʻjaxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Suyunchxoʻjaxon''', Suyunchakxon, Suyunchik sulton (taxminan 1454—1525, [[Toshkent]]) — Toshkentni boshqargan shayboniylardan boʻlgan Toshkentoʻzbek xoni (1503—25).
 
[[Abulxayrxon]] va Ulugʻbekning[[Ulugʻbek]]ning qizi [[Robiya Sulton begim]]ning farzandi. [[Oʻzbek ulusi]]ga hukmronlik qilish uchun shayboniylarning Oʻrusxon, Kirayxon va Jonibeklar bilan boʻlgan kurashida qatnashgan. [[Shayboniy]]xon bilan birga Movarounnahrni bosib olihda faol ishtirok etgan. Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, Samarqandni poytaxt qilib, Turkistonni [[Koʻchkunchixon]]ga, [[Toshkent]]ni S.ga bergan. Xoja Abulbaqo ibn Bahouddinning "Jome almaqomot" asari (17-asr)da yozilishicha, S. boshliq shayboniylar qoʻshini Toshkentni qamal qilganda Shayx Xovand Tohurning avlodi — Xoja Tohir shaharni qahramonona mudofaasiga rahbarlik qilgan, biroq shahar S. qoʻliga oʻtgan. S.ning chigʻatoiylarlan Sulton Saidxon bilan Toshkent uchun kurashi xalq boshiga koʻp kulfatlar keltirgan.
 
1509 y. 23 fevralda Sayxun (Sirdaryo) boʻyida [[Qozoq xonligi]]ga qarshi otlangan [[Shayboniyxon]] huzuriga boshqa sultonlar qatori S. ham Toshkentdan 13 ming kishilik qoʻshin bilan yordamga kelgan. Ruzbexon Isfahoniyning yozishicha, bu qoʻshin oʻzining jipsligi, jangovarligi bilan alohida ajralib turgan va jangda katta shijoat koʻrsatgan. 1510 y. Shayboniyxon oʻlimidan soʻng [[Samarqand]]dagi [[Bibixonim masjidi]]da shayboniy sultonlar Toshkent hokimi S.ga qasamyod qilganlar, S. sulola boshligʻi deb eʼlon qilingan. S qarindoshurugʻlariga Shayboniyxon tortib olgan mulklarini qaytarib bergan. Lekin shunga qaramay shayboniy sultonlar oilasidagi ittifoq oʻz oʻrniga tushmagan. 1510 y. shayboniylarning yoshi ulugʻi Koʻchkunchixon yangi xon etib saylangan. 1511—12 yillarda S. shayboniylarning Boburga va Sulton Saidxonga (1512—14) qarshi kurashlarida qatnashgan. S. esdaliklari Maxmud ibn Usmon Koʻhistokiyning "Tarixi Abulxayrxoniy" asariga asos qilib olingan.