Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
Teg: Qaytarildi
Qator 46:
 
== Qurʼonning asosiy gʻoyasi ==
[[Tasvir:Jonah and the Whale, Folio from a Jami al-Tavarikh (Compendium of Chronicles).jpg | thumb| right|150px |Yunus va baliq [[miniatyura]]. [[Yunus kitobi]] da tasvirlanganidek, u O'rta dengizda kemadan tashlangan, baliq yutib yuborgan va [[Ninevada]] qirg'oqqa tashlangan, [[Yunus | Yunus afsonasi]] Qur'onda takrorlangan.]]
Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi [[aqida]]lar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining [[Odamato]], [[Nuh]], [[Ibrohim]], [[Ismoil]], [[Ishoq]], [[Yaʼqub]], [[Muso]], [[Dovud]], [[Iso]], [[Muhammad]] va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, [[Tavrot]], [[Zabur]], [[Injil]] va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, [[yahudiy]]lar, [[Nasroniylik|nasroniy]]lar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari ([[namoz]], [[roʻza]], [[zakot]] va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.