Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
Teg: Qaytarildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
Teg: Qaytarildi
Qator 43:
== Hozirgi zamon Usmon musʼhafi ==
[[Tasvir:FirstSurahKoran.jpg|thumb|230px|Qur’onning birinchi „Fotiha“ surasi|left]]
[[Tasvir:Maryam.jpg|thumb|150px|Bokira [[Meri]] yangi xurmo uchun xurmo daraxtini silkitadi, bu afsonada [[Yolg'onchi-Matto Injilida]] aytilgan <ref> Leyvvik 2010, pp. 33-34.</ref> Bu Qur'onda ham takrorlangan.]]
Qurʼonning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan eʼzozlanadi. Ammo ularning ichida Usmon Qurʼonlarining alohida oʻrni bor. [[Toshkent]]da [[Oʻzbekiston musulmonlari idorasi]] kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma deb hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda „Usmon Qurʼoni“ degan nom bilan ataladigan 4 qoʻlyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa boʻlib, islom manbalarida u „Imom“ deb ataladi. Ikkinchi nusxa Kaʼbada, uchinchi nusxa [[Qohira]] (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Toʻrtinchisi Toshkentda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989 yil boshida musulmonlar qurultoyida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. Boshqa tadqiqotchilar (Ahadjon Hasanov va boshqalar) maʼlumotiga koʻra, Toshkentdagi Usmon musʼhafidan tashqari Qohira va [[Istanbul]] shahrida (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toshkentda saqlanayotgan Qurʼonning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar (Hamid Ziyoyev va boshqalar) [[Amir Temur]] [[Toʻxtamish]]ni magʻlubiyatga uchratib, [[Oltin Oʻrda]]ni egallaganidan keyin, oʻsha Qurʼonni qoʻlga kiritib, [[Samarqand]]ga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi. Ushbu Qurʼon 1868 (baʼzi manbalarda 1869 yil) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, soʻngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr toʻntarishidan soʻng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga koʻra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923 yilda Toshkentga keltirilgan. Bir necha vaqt Samarqandda, keyin Toshkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, OʻzSSR FA Sharq qoʻlyozmalari institutida saqlangan. 20-asr boshlaridagi tekshiruvga koʻra, musʼhafning umumiy hajmi 68x53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat boʻlgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sargʻish rangdagi yuz tomoni yaxshi saqlanib, ularning orqa beti salgina gʻijimlangan, bir oz uringan kabi koʻrinar edi. musʼhafning sahifalari nam tortishi natijasida bir muncha shikastlangan va ularda qon dogʻlari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq shikastlangan varaqlari oʻrniga 69 ta teriga oʻxshash qalin va mayin varaqlar tikib qoʻyilgan. Bu varaqlar paxta qogʻozlardan mohirlik bilan ishlangan boʻlib, ularni musʼhafning asl sahifalaridan farqlash qiyin edi.