Carlo Gozzi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
GOTSSI'''Carlo (Gozzi) Carlo''' (1720.13.12, [[Venesiya]] — 1806.4.4.) — [[italyan]] dramaturgi. „Uch apelsin ishqida“ (1761) pyesasi bilan teatr ertakchiligi (fyaba) janriga asos solgan. Gozzi ijtimoiy qarashlariga koʻra konservator boʻlgan, hayotdagi hamma tartiblarning joyjoyida qolishini istagan, yangi ijtimoiy tamoyillarni yoqtirmagan, hatto fransuz maʼrifatparvarlarining gʻoyalarini ham qabul qilmagan. Shu bilan birga kiborlar tabaqasining nuqsonlarini ham tanqid qilgan. Gozzi asarlari xalq yumorlariga boy, xalq dramalariga xos masharabozlik xususiyatlari yetakchilik qiladi („Ilon xotin“, 1762; „Zubayda“, 1763; „Chin maʼshuqa“, 1771 va boshqalar). „Baxtli gadolar“ (1764) ertak-pyesasidagi voqealar Samarqandda boʻlib oʻtadi. Unda Gozzining odil shoh haqidagi gʻoyalari aks etgan. „Malikai Turandot“ (1762) da Sharq ayollarining ijtimoiy ahvoli tasvirlangan. Asar rus tilidan Choʻlpon (1926), Mannon Uygʻur tarjimasida (1928) sahnalashtirilgan. „Baxtli gadolar“ Shukrullo tarjimasida nashr etilgan (1969).
 
== Adabiyotlar ==