Amir Shohmurod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Shohmurod''' (1741/49 Buxoro 1800.30.11) - [[Buxoro amirligi]] hukmdori (1785-1800), oʻzbek mangʻitlar sulolasidan.
 
Muhammad [[Doniyolbiy]] otaliqning oʻgʻli. Sh.Shohmurod otasi vafot etgach, uning "amirul umaro" unvonini qabul qilgan va rasmiy ravishda Buxoro taxtida oʻtirgan chingiziy Abulgʻozixonni hokimiyatdan chetlatib, oʻzini Buxoro amiri deb eʼlon qilgan (1785 yil 9 iyunʼ). Oʻnta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan.
[[Fayl:Ворота Арка.jpg|thumb|Buxoro arki]]
SH.Shohmurod faol ichki va tashqi siyosat olib borgan. Sh.Shohmurod pul islohoti oʻtkazib, sof kumushdan tanga zarb qildirgan. Zamoshyushlari va kelajak tarixchilari shahrini "Amiri maʼsum" ("Begunoh amir") va "Umari soniy" ("Ikkinchi Umar"), "gʻoziy" unvonlari bilan tilga olishadi. Sh.Shohmurod [[Marv]], [[Balx]] va boshqalar hududlarni Buxoroga qaytarish uchun Xurosonga qilgan harbiy yurishlarida uning qoʻshinlari golib chiqqan, Marv, Balx, Maymana va Andxuy Buxoroga qaytarilgan.
 
Uning hukumronligi davrida mamlakatni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan toʼrtta muhim islohot- moliya, sud, maʼmuriy va harbiy islohotlar oʼtkazildi. Аvvalo, 1758 yildan boshlab, amirlikda toʼla holatda (aralashmalarsiz) kumushdan iborat boʼlgan kumush tangalar,oldingilaridan oʼzining qiymati, sifati va tashqi koʼrinishi bilan farq qiladigan sof tilla tangalar zarb etila boshlandi. U davlat zarbxonalarida aholining oʼz shaxsiy jamgʼarmalaridan olib kelgan kumish va oltindan bir xil oʼlchamdagi kumush va tilla tangalarni zarb qilishga keng ruxsat berdi.<ref>https://shosh.uz/buhoro-amirligi-avvali-va-ohiri/</ref>
 
Аmir Shohmurod adliya sohasida oʼtkazgan islohoti bilan mamlkatda sud ishlarini olib borishni birmuncha erkinlashtirdi. Manbalarga koʼra, amirlikdagi sud hayʼati ishlarini Shohmurodning bevosita oʼzi boshqargan. Amir Shohmurod davrida soliqlarning taribga solinishi, sud ishlaridagi nohaqliklarga chek qoʼyilishi, mahalliy amaldorlar ustidan nazorat oʼrnatilishi – savdo-sotiq va hunarmandchilikning, qishloq xoʼjaligining yuksalishiga sharoit yaratib bergan edi.<ref>https://shosh.uz/buhoro-amirligi-avvali-va-ohiri/</ref>
 
SH.Shohmurod Usmonli turk sultonligi va Rossiyaga bir necha marta elchilar joʻnatgan.
 
SH.Shohmurod tasavvuf gʻoyalari bilan sugʻorilgan "Ayn fihikmat" ("Donishmandlik asoslari") asarini yozgan, hanafiya mazhabiga doir "Fatavayi ahli Buxoro" ("Buxoro ahliga fatvolar") toʻplamini tuzgan.
 
SH.Shohmurod davrida [[Buxoro]] va Samarqandda[[Samarqand]]da koʻplab madrasalar, masjidlar, xonaqolar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan. shahrining oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Sh. shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan. Gʻuzorda madrasa va masjid qurdirgan. Shuningdek, Sh. hukmronligi yillarida Doniyolbiy davrida boshlangan Xalifa Xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan.
 
SH.Shohmurod Joʻybordagi Eshoni Imlo qabristonida piri Shayx Safar qabri oldida dafn etilgan. Sovet davrida qabri buzib tashlangan.
 
== Adabiyot ==
Qator 27:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Buxoro amirligi hukmdorlari]]