Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Ben Bilal tahrirlari J ansari versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Ben Bilal (munozara | hissa)
Malikxan (mun.) tomonidan qilingan 2163571-sonli tahrir qaytarildi
Teglar: Bekor qilindi Qaytarildi
Qator 5:
 
== Qurʼoni Karim maʼlumotlari ==
[[Tasvir: Tissot Joseph and His Brethren Welcomed by Pharaoh.jpg | thumb | right | 150px |'Tarixchi Ahmad Usmonning so'zlariga ko'ra, [[Ay (fir'avn) | Yuya]] 'Tavrot va Qur'onga Yusuf singari boradi.<ref> Yuya's titles included "Overseer of the Cattle of Amun and Min ( Lord of Akhmin) "," Bearer of the Ring of the King of Lower Egypt "," Mouth of the King of Upper Egypt ", and" The Holy Father of the Lord of the Two Lands ", among others. For more see: Osman, A. (1987). '' Stranger in the Valley of the Kings: solving the mystery of an ancient Egyptian mummy ''. San Francisco: Harper & Row. pp.29-30 </ref>]]
 
* Arab tilida
* Muhammad alayhisalomga va butun insoniyatga tushirilgan
 
[[Tasvir: Noah's ark and the deluge.JPG | thumb | left | 150px | [[Noah]]'s ship, Zubdetü't-Tevarih.[[Gilgamesh toshqini haqidagi afsona | Gilgamesh afsonasi]] Tavrot va Qur'onda qayta talqin qilingan.]]
 
== Tarixi ==
Qator 15 ⟶ 19:
 
== Qurʼonning tuzilishi ==
[[Tasvir: Iqra.jpg | thumb | 200px | [[Muhammad]] ning birinchi vahiysi, [[Alak surasi]], keyinchalik Qur'on qoidalarida 96-o'rinni egalladi, hozirgi yozuv uslubida]]
 
Qurʼonning boʻlimlari [[sura]] deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura [[oyat]]larga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi [[Hajjoj ibn Yusuf]] (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism ({{lang-ar|[[juz]]}}, {{lang-fa|pora}})ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan „[[Fotiha surasi|Fotiha]]“ surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-[[Baqara surasi]] 286 oyatdan, eng qisqa [[Kavsar surasi]] 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar „Toho“ va „Yosin“, eng uzun oyat „Baqara“ surasining 282-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — „Makka suralari“ (610—622 yillar, 86 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — „Madina suralari“ (622-yildan, 28 sura) ga ajratiladi.
 
Qator 27 ⟶ 33:
== Usmon musʼhafi ==
[[Tasvir:Uthman Koran-RZ.jpg|thumb|right|200px|Qur’on, IX asr]]
 
Vaqt oʻtishi bilan islom dini tarqalgan davlatning chegarasi kengayib bordi. Koʻplab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni koʻpaygandan soʻng Qurʼonni oʻqishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bunga Qurʼonning „etti harf“ (lahja)da nozil boʻlgani ham sabab boʻldi. Hadisda taʼkidlanishicha, Jabroil Qurʼon oyatlarini turli arab qabilalariga tushunarli boʻlishi uchun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim soʻzlar boshqacha shaklda yozilishi va oʻqilishiga toʻgʻri kelgan. Bu holatni koʻrgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni soʻrab olib, undan bir necha nusxa koʻchirishga buyruq berdi. Qurʼon qiroatida farqli boʻlgan soʻzlarda quraysh lahjasiga rioya qilindi.
 
Qator 36 ⟶ 43:
== Hozirgi zamon Usmon musʼhafi ==
[[Tasvir:FirstSurahKoran.jpg|thumb|230px|Qur’onning birinchi „Fotiha“ surasi|left]]
[[Tasvir:Maryam.jpg|thumb|150px|Bokira [[Meri]] yangi xurmo uchun xurmo daraxtini silkitadi, bu afsonada [[Yolg'onchi-Matto Injilida]] aytilgan <ref> Leyvvik 2010, pp. 33-34.</ref> Bu Qur'onda ham takrorlangan.]]
Qurʼonning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan eʼzozlanadi. Ammo ularning ichida Usmon Qurʼonlarining alohida oʻrni bor. [[Toshkent]]da [[Oʻzbekiston musulmonlari idorasi]] kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma deb hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda „Usmon Qurʼoni“ degan nom bilan ataladigan 4 qoʻlyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa boʻlib, islom manbalarida u „Imom“ deb ataladi. Ikkinchi nusxa Kaʼbada, uchinchi nusxa [[Qohira]] (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Toʻrtinchisi Toshkentda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989 yil boshida musulmonlar qurultoyida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. Boshqa tadqiqotchilar (Ahadjon Hasanov va boshqalar) maʼlumotiga koʻra, Toshkentdagi Usmon musʼhafidan tashqari Qohira va [[Istanbul]] shahrida (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toshkentda saqlanayotgan Qurʼonning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar (Hamid Ziyoyev va boshqalar) [[Amir Temur]] [[Toʻxtamish]]ni magʻlubiyatga uchratib, [[Oltin Oʻrda]]ni egallaganidan keyin, oʻsha Qurʼonni qoʻlga kiritib, [[Samarqand]]ga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi. Ushbu Qurʼon 1868 (baʼzi manbalarda 1869 yil) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, soʻngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr toʻntarishidan soʻng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga koʻra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923 yilda Toshkentga keltirilgan. Bir necha vaqt Samarqandda, keyin Toshkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, OʻzSSR FA Sharq qoʻlyozmalari institutida saqlangan. 20-asr boshlaridagi tekshiruvga koʻra, musʼhafning umumiy hajmi 68x53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat boʻlgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sargʻish rangdagi yuz tomoni yaxshi saqlanib, ularning orqa beti salgina gʻijimlangan, bir oz uringan kabi koʻrinar edi. musʼhafning sahifalari nam tortishi natijasida bir muncha shikastlangan va ularda qon dogʻlari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq shikastlangan varaqlari oʻrniga 69 ta teriga oʻxshash qalin va mayin varaqlar tikib qoʻyilgan. Bu varaqlar paxta qogʻozlardan mohirlik bilan ishlangan boʻlib, ularni musʼhafning asl sahifalaridan farqlash qiyin edi.
 
== Tarkibi ==
== Qurʼonning asosiy gʻoyasi ==
[[Tasvir:Jonah and the Whale, Folio from a Jami al-Tavarikh (Compendium of Chronicles).jpg | thumb| right|150px |Yunus va baliq [[miniatyura]]. [[Yunus kitobi]] da tasvirlanganidek, u O'rta dengizda kemadan tashlangan, baliq yutib yuborgan va [[Ninevada]] qirg'oqqa tashlangan, [[Yunus | Yunus afsonasi]] Qur'onda takrorlangan.]]
Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi [[aqida]]lar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining [[Odamato]], [[Nuh]], [[Ibrohim]], [[Ismoil]], [[Ishoq]], [[Yaʼqub]], [[Muso]], [[Dovud]], [[Iso]], [[Muhammad]] va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, [[Tavrot]], [[Zabur]], [[Injil]] va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, [[yahudiy]]lar, [[Nasroniylik|nasroniy]]lar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari ([[namoz]], [[roʻza]], [[zakot]] va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.
 
Qator 58 ⟶ 67:
 
=== Tafsir ilmi ===
 
[[Tasvir: Alexander-Coin.jpg | thumb | left | 150px |[[Aleksandr Makedonskiy]] Omon shoxlari bilan Misrni zabt etuvchi sifatida tasvirlangan tanga. Aleksandr Omon xudosining o'g'li edi va eski Misrda xudo edi. Qur'on tafsirining aksariyatiga ko'ra, Zulqarayn shaxs Iskandar degan ma'noni anglatadi.<ref>http://turkoloji.cu.edu.tr/mine_mengi_sempozyum/ismail_avci_iskenderi_zulkarneyn_ve_hizir.pdf</ref><ref>{{Web kaynağı |url=http://www.mustafa-demirci.com/tamamlanmamis-kitaplarim/3-kitap-peygamberler-a-s-tarihi/hz-zulkarneyn |başlık=Arşivlenmiş kopya |erişimtarihi=17 Nisan 2012 |arşivurl=https://web.archive.org/web/20120611075825/http://www.mustafa-demirci.com/tamamlanmamis-kitaplarim/3-kitap-peygamberler-a-s-tarihi/hz-zulkarneyn |arşivtarihi=11 Haziran 2012 |ölüurl=evet }}</ref>]]
 
Tafsir paygʻambar davridayoq yuzaga kelgan. Eng birinchi mufassir (tafsirchi) Muhammadning (s.a.v) oʻzi boʻlib, u odamlarga Qurʼon maʼnolarini bayon qilib berardi. Paygʻambardan keyin Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib mufassir boʻlgan. Shuningdek, [[Abdulloh ibn Abbos]] (690 yil m.y.), [[Abdulloh ibn Masʼud]] (654 yil m.y.), [[Ubay ibn Kaʼb]] (7-asr), [[Anas ibn Molik]] (712 yil m.y.) kabi sahobalar ham ilk mufassirlardan hisoblanadi. Tobein mufassirlardan [[Mujohid ibn Jabr Makkiy]] (723 yil m.y.), [[Ikrima Abu Abdulloh al-Barbariy]] (723 yil m.y.), Said ibn Jubayr (714 yil m.y.), Ato ibn Abi Raboh (734 yil m.y.) kabilarni zikr etish mumkin. Sahoba va tobeinlar davrida tafsir ogʻzaki rivoyat va naql shaklida boʻlib, kitob tarzida yozilmagan. [[Muhammad ibn Jarir Tabariy]] (923 yil m.y.), [[Abu Mansur Moturidiy]] (944 yil m.y.), [[Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy]] (1310 yil m.y.) kabi yirik mufassir ulamolar oʻzlarining tafsir kitoblarini yozdilar.