Zulfiya — versiyalar orasidagi farq

32 bayt qoʻshildi ,  10 oy oldin
tahrir izohi yoʻq
[[Fayl:Зульфия.jpg|thumb|230px|Zulfiya]]
 
'''Zulfiya Isroilova''' (1-mart 1915-yil — 1-avgust 1996-yil) — '''Zulfiya''' nomi bilan tanilgan [[oʻzbekiston]]lik [[shoira]], jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Mehnat Qahramoni (1984). Shoir [[Hamid Olimjon]]ning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ (qarang „[[Saodat]]“ jurnali) jurnalida boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.
 
Shoir [[Hamid Olimjon]]ning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ (qarang „[[Saodat]]“ jurnali) jurnalida boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.
 
Uning ilk sheʼri 1931-yilda „Ishchi“ gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „Sheʼrlar“, „Qizlar qoʻshigʻi“ (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) toʻplamlari bilan bogʻliq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.
 
{{Authority control}}
[[Turkum: Oʻzbek shoiralari]]
 
{{DEFAULTSORT:Zulfiya}}
[[Turkum:Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari]]