Aleksandr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 9:
 
Aleksandr Granik (334 yil), Iss (333 yil) va Gavgamela (331 yil) janglarida Doro III qo‘shinlarini yenggan. A. Eronning markaziy shaharlari – [[Bobil]], Suza, [[Persepol]], Ekbatana hamda Misrni egallagan.
== Sʻoʻgd va Baqtriyaga yurish ==
 
[[Fayl:The killing of Cleitus by Andre Castaigne (1898-1899) reduced.jpg|thumb| Samarqandda Aleksandr tomonidan o’z d’osti Klitni oldirishi, Kastanie rasmi, 19 asr]]
Aleksandr 329 yil [[Baqtriya]]ni egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning [[O‘rta Osiyo]]ga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan. Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi – Kiropol bo‘lib, [[Kir II]] uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. A. shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan.
 
Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchilariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr [[Sug‘diyona]]da [[Spitamen]] qo‘zg‘olon ko‘tarib, [[Marokanda]]ni qamal qilgani (qarang [[Spitamen]], [[Spitamen qoʻzgʻoloni]]) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (qarang [[Tanais daryosi bo‘yidagi jang]]). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang [[So‘g‘d qoyasi]], [[Xoriyen qal’asi]] va boshqalar).
== Hindistonga yurish ==
Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladida, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq safar va kasallik azobidan holdan toygan qo‘shinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois A. Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmog‘i) bo‘yidan ortga qaytishga majbur bo‘ladi.A. o‘z davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik ko‘rish asnosida bezgak kasaliga yo‘liqib, vafot etgan.A. yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind da-ryosidan Dunayga qadar cho‘zilgan bo‘lib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Le-kin mustahkam ichki aloqalari bo‘lmagan bu saltanat A. vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy san’at tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200 yil) Aleksandr haqida ko‘plab rivoyat, afsona, doston va miniatyuralar yaratilgan. Ular o‘rta asr adabiyotiga ham kirib kelgan.
 
== Adabiyotlar ==
Qator 19 ⟶ 22:
* Bertels Ye. E., Roman ob Aleksandre i yego glavnie versii na Vostoke, M.– L., 1948.
 
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}