Uygʻonish davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Uygʻonish davri''' (Renessans) — [[Markaziy Osiyo]], [[Eron]], [[Xitoy]] (9-12 va 15-asrlar), [[Gʻarbiy Yevropa]]da yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang [[Gumanizm]]), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9— 12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilmfan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uygʻonishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad XorazmipXorazmiy, Abu Bakr ar Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad alFargʻonipal Fargʻoniy, [[Umar Xayyom]], Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda [[Kamoliddin Behzod]] rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan "[[Ming bir kecha]]", "[[Kalila va Dimna]]", "[[Qirq vazir]]", "Toʻtinoma", "Sindbodnoma", "Jomeʼul hikoyot" kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan "Xamsa"larda boʻlganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy gʻoyalarning tasvirlanishidir.
 
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, "ishroq" falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.